SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA

    Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yangiliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llab-quvvatlagan. Islom ta'limotida ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy ta'kidlaganlaridek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Albatta, islom ilm-ma'rifatga asoslangan dindir.

   Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur'oni karim hamda hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib qilinib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qattiq qoralanadi. Jumladan, Qur'oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyatining o‘zidayoq Alloh taolo “O‘qi!” deb amr qildi. “Ilm” so‘zi turli ma'nolarda Qur'onda 811 o‘rinda takrorlanishi uning o‘rni qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi.

  Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir” deb ta'kidlaganlar. Qur'oni karimda: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur” (Mujodala, 11), deyilgan. Ibn Hajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: “Albatta darajalarni ko‘tarish ulug‘ fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shon-shuhrat kabi ma'naviy yuksaklikni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichiga oladi”.

   “Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri”da esa ushbu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: “Ilm va olimlarning fazilatlari, ikki dunyoda erishadigan daraja va martabalariga doir oyat va hadislar juda ko‘p uchraydi. Rasul alayhissalomdan olim kishining bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng ekani, qiyomatda shafoat qilishi, agar u ta'lim ham bersa, Yer va osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag‘firat so‘rashi va boshqa ko‘p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan. Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo ilm, boylik va podshohlikdan birini tanlashni buyurganida u ilmni tanlaydi. Ilmning sharofatidan unga boylik va podshohlikni ham qoshib beradi”.

   Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Abu Dardo (r.a.): “Rasululloh alayhissalom bunday deganlarini eshitdim: Kim ilm istab bir yo‘ldan yursa, Alloh uni jannat yo‘llaridan biriga yo‘llab qo‘yadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta, olim haqiga osmonlaru yerdagilar, hattoki, suv ostidagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to‘lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar Payg’ambarlarning merosxorlaridir. Paygambarlar dinor va dirhamni meros qoldirmadilar. Balki ilmni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, (merosdan) to‘liq nasibasini olibdi”.

   Qur'on va hadislar islomning asosiy manbalari bo‘lishi bilan birga, musulmonlar hayotini tashkil etish uchun muhim qollanma ham hisoblanadi. Shunday ekan, Qur'on va sunnatga asoslangan holda, musulmonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko‘zlab fatvo chiqarish alohida bilim va malakani talab etadi. Mo‘'tabar manbalarga ko‘ra, arab tili, Qur'on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixini juda chuqur va mukammal biladigan kishilargina shunday hukm chiqarish huquqiga egadir. Biroq tarix va zamonaviy voqyelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bunday harakatlar muqaddas islom dini qoidalaridan foydalangan holda amalga oshirilganini va oshirilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim.

  Yuqoridagilardan xulosa qilib, islomda ilm, ma'rifatli bo‘lishga, Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne'matlar haqida bilim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-xalovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, ongsiz kimsalarni Qur'oni karimda “Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda kozlar bor, (lekin) ular bilan “kormaydilar”. Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana oshalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir” (A'rof, 179), deb ta'riflaydi. Shuningdek, Hasan Basriy (r.h.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la'natlab, quloqlarini kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi”. Darhaqiqat, islom olamining e'tiborli ulamolari tomonidan mo‘'tabar manbalar asosida berilayotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin.

  Umuman olganda, islom ilmsizlik va johilikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma'rifatni ustun qo‘yish kabi ezgu fazilatlarga buyuradi. Haqiqatda johillik yomon illat bolib, johil insonlar barcha yomonliklarga hech qanday tosiqsiz kirib ketaveradilar. Jaholat inson hayotini barbod qiladi, oxiratini kuydiradi. Ma'rifat esa inson qalbiga sayqal beradi, ma'naviy, ruhiy dunyosini go’zallashtiradi, insonga shon-shuhrat keltiradi, ulug‘laydi. “Ma'rifat” sozi “bilim”, “Allohni tanish” kabi xislatlarni oziga jamlaydi. Bunga zid ravishda ilmni diniy va dunyoviy turlarga taqsimlab, ayricha qarash inson ma'naviyatining yemirilishiga olib keladi. Bu fikr isboti uchun uzoq va yaqin o‘tmishimizda misollar ko‘p. Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz garchi sobiq tuzum ularning diniy ilm sohiblari bo‘lganini yashirgan bo’lsada, ular eng avvalo islom dunyosining ardoqli olimlari, tom ma'nodagi ilm egalaridirlar. Qush ham yolg‘iz qanoti bilan parvoz qila olmagani kabi, inson ham bir yoqlamalik bilan komil va toliq bo‘la olmaydi. Shu jihatdan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Biz din bilan dunyoni, dunyo bilan dinni o‘rganamiz” degan gaplari biz uchun dasturulamal bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda biz har tomonlama, tola mukammal inson, ajdodlarimizga munosib farzand bola olgan bolamiz.

 

Komiljon Shermuhamedov,

 Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy kotibi

“Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va

oldini olish yo‘llari” kitobidan olindi.

Read 468 times Last modified on Shtune, 04 Mars 2017 13:58
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top