SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto

 Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek “Har qaysi davlat har qaysi millat avvalo o‘z farzandlari qiyofasida, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etilgan uning azaliy orzu-intilishini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko‘radi ”. Anashu buyuk kuch O‘zbekiston yoshlaridir. Yoshlarga oid davlatimiz siyosati ularning ma’nan barkomol shaxsni tarbiyalashda mahalla institutlarning o‘rni muhimdir. Chunki bola oilada kamol topadi oila esa mahallada ruhan riboj topadi. Avvalom bor oilada ota-onada mafkuraviy immuniteti shakillangan bo‘lishi lozim.

Hozirgi davrda birinchi o‘rinda, mahallalarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilmoqda. Mahalla o‘zini-o‘zi boshqarishni mahalliy organi sifatida faoliyat olib boradi. Mahalla faollari oiladagi muhit, tarbiya, urf-odatlar va umuman ijtimoiy munosabotlarning rivojlanishini va kelajak avlod yoshlariga meros sifatida mafkuraviy immunitetni hosil qilishimiz lozim.

Bugungi kundagi geosiyosiy maqsadlar ko’proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Bunda mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning eng ta’sir vositasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Ya’ni turli davlatlarning maqsadlari xalqning turli qatlamlari, xususan yoshlar ongi va qalbiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali, ularning faoliyatini o‘z ta’siriga ya’ni manfaatlariga yo‘naltirilgan mafkuraviy muhitni yaratishni ko‘zlagan xolda amalga oshirilmoqda. Mahalla institutining mafkuraviy jarayonidagi ishtiroki borasida ayniqsa ota-onaning mahalladagi obro‘li kishilari mahalladoshlariga namuna bo‘la oladigan shaxslarning maslahatlariga tayanish kerak. Bu o‘rinda, avvalambor g‘oyaviy savodxonlik darajasi, g‘oyaviy immunitet masalalari muhim o‘rin tutadi. Chunki g‘oyaviy kurashning mohiyati, g‘oyaviy xurujlarning ko‘rinishlarini anglash oqibatlarini teran tushuna olishi ko‘nikmalari kishida muayyan darajadagi tizimlashgan bilimlar bo‘lishini taqozo qiladi. Mafkuraviy paligonlar yadro paligonlariga qaraganda xavfliroq bo‘lib qolganligini bugun “ikki qutubli mafkura” o‘rtasidagi kurashga barham berilgan bo‘lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to‘xtab qolgani yo‘q. Aksincha jahon maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar turli yo‘llar bilan sodir bo‘lmoqda. Shuni takidlash lozimki O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin mafkura sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy g‘oyaga zid bo‘lgan yot va begona g‘oyalar kirib kelishiga va yoshlarimiz ongini egallashga ularni mamlakatimizda belgilangan ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishga qarama qarshi qo‘yishga urinishlar bo‘lganligini guvohimiz. Bunday buzg‘unchilar o‘zlarini “do‘st”, “millatdosh”, “vatandosh”, “dingdosh” etib ko‘rsatish niqobi bilan o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli hil oqimlar aholi, ayniqsa yoshlar ongini egallashga harakat qildi.

Mafkuraviy kurashlar davrida farzandlar tarbiyasiga loqaytlik eng katta ma’naviy yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. Ma’lumki har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo kishi organizimida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham yoshlarimizni Ona Vatanga muxabbat, boy tariximizga ota-boborarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarur. O‘zini-o‘zi boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analariga tayangan holda ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati kattalarning shaxsiy ibrati jamoaning hamjihatligi misolida odamlar ongiga ezgulik g‘oyalari singdirib boriladi. Ta’kidlash joizki, mahalla, avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi va ayni chog‘da yoshlarda mafkuraviy immunitet shakillanishiga ta’sir etadi.

Xalqimizga xos o‘zni-o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egalagan. “Biz mahalla ham ota, ham ona degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz”.

Haqiqiy demoqratiya darsxonasida MFY rayislari hamda faollari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarishlari zarur.

-       Mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazib ularning dardini tinglash;

-       Mahalladagi yoshlarni diniy - ekstremistik oqimga kirib qolmasliklarining oldini olish;

-       Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va qonun buzilishning oldini olish;

-       Mahallada ota-onalar bilan ishlashni kuchaytirish;

-       Mahallada uzoq muddat chet-elga chiqib ketganlarning qaytib kelgandan so‘ng nazoratini kuchaytirish.

Mahalla yoshlarini milliy g‘oya ostida birlashtira oladigan tadbirlar o‘tkazib ular o‘zlarining ichidan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati a’zolari foallarini aniqlab Vatanga muhabbat ruhidagi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida, bugungi dunyo siyosiy manzarasini ro‘yi rost ochib berish kerak. Mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini, shuningdek ozod va obod Vatan uchun xizmat qilish eng oliy baxt ekanligini yoshlarga singdirish lozim.

Husniddin Xolmatov,

 Manaviyat bo‘limi xodimi.

Mo‘min Mirzo Abdupattayev,

universitet qoshidagi

Akademik litsey to‘garak rahbari

 

Read 530 times Last modified on Shtune, 04 Mars 2017 13:49
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top