SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet “Kamolot” YIH faollari “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika chorak final bosqichida g‘olib bo‘ldilar

2017-yil 10-iyun kuni “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

 Kito1

“O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 46-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida musobaqaning Respublika chorak final bosqichi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish maqsadida o‘tkazilgan intellektual musobaqada Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridagi 16 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bellashdilar.

 Mazkur musobaqada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tashkil topgan terma jamoa ham ishtirok etdi va g‘olib bo‘lib,yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun shuni qayd etish kerakki, Respublika yarim final bosqichidagi bahslar 2017-yil 19-20-iyun kunlari Namangan viloyatida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalardagi g‘olib jamoalar o'rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan universitetning barcha faollari nomidan talabalarimizga “Zukko kitobxon” intellektual musobaqasining Respublika yarim final bosqichida g‘alaba tilab qolamiz.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top