SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetiga 2017-2018-o‘quv yilida hujjat topshirmoqchi bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar (abituriyentlar) va ularning ota-onalari diqqatiga!

2017-2018-o‘quv yilida hujjat topshirmoqchi bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar (abituriyentlar) imtiyozga ega bo‘ldi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

  Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.

   “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005-yil 31-oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.

   Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent islom universitetiga 2017-2018-o‘quv yilida hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalari mazkur qaror bilan tanishtiriladi va ijrosi amalga oshiriladi.

 

 

Ma’lumotni yoritishda edu.uz saytidan foydalanildi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top