SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda mahalla faollari ishtirokida “Islom aqidaparastlikni qoralaydi” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

  17-aprel kuni universitet katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov mahalla faollari uchun “Islom aqidaparastlikni qoralaydi” mavzusida ma’ruza olib bordi.

 

Shayxontohur tuman Mahalla fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur davra suhbatda asosan tumandagi mahalla faollari ishtirok etdi.

  Ma’ruzada islom dini, uning mazmun-mohiyati, dinning inson va jamiyat ma’naviy takomilidagi o‘rni, ma’rifiy ahamiyati shuningdek, islom dinidan manfur kimsalar o‘z manfaat va maqsadlari yo‘lida foydalanishi natijasida  uning niqobi ostida aqidaparastlik, fundamentalistik qarashlarning yuzaga kelishi, uning vayronkorlikka qaratilgan g‘oyalari va buning ta’siri taraqqiyotga, tinchlikka rahna solishi, umuman, insoniyatga solayotgan xavfi va tahdidi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, aqidaparastlik tushunchasi, uning mazmuni keng sharhlab berildi va islom dini, uning ezgulikka yo‘g‘rilgan g‘oyalari aqidaparastlikni qoralashi misollar asosida izohlab berildi.  

  Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis keng va atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

   O‘tkazilgan davra suhbat ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boy ekanligi hamda ilmiy manbalarga tayanganligi balan ahamiyatlidir.

 

 

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top