SJ News II - шаблон joomla Авто
///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// Tashkent Islamic University Motto
Boqiy umr

Boqiy umr

Aytishlaricha, mo‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘tabar odamga ta’zim qilib:

   - Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur aytaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring, - dedi.

Mo‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:

- Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?

- Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda “ming yil umr ko‘ring”,- dedim,- deb javob berdi olim.

 

Ziyouz.uz saytidan olindi

Read 243 times
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top