SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Ka’baga mushtoq Ibrohim Adham

IbrohimAdhamningKabaganamozoqishbilanborganivaRobiyaiAdviyagaesaKabaningoziungamuhtojbolibkelgani

Qachonki Ibrohim Adham o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib (Ka’baga olib boradigan) dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z holicha namoz o‘qir, har qadamda ikki rakat namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madh etish uchun har bir tikan va giyohlar tilga kirdi.
Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan, Baytul-haram (Ka’ba ziyoratgohi) o‘z o‘rnida yo‘q edi. “Bu ne xol, ey Xudo!” - deb fig‘on solar ekan, g‘oyibdan ovoz keldi: “Ey yo‘lovchilarning piri! Bir qariya ayol cho‘lni bosib o‘tar ekan, (Allohga bo‘lgan) shavqu muhabbat yuki og‘irligidan qaddi bukilibdi. Zaiflikdan u shunday kuchsizlanibdiki, (endi) Ka’ba o‘zi uni ziyorat qilishga ketdi!”

Bu voqea Adhamni hayron qoldirdi. U qarab turar ekan, Robia kelayotganini ko‘rdi. U dedi: “Ey sayrgohing Arsh bo‘lgan zot! Ka’ba o‘zi seni tavof etish uchun yo‘lga chiqibdi! Qaraki (o‘z ishlaring bilan) sen dunyoga qanday ovoza solibsan!” Robia unga javob berib dedi:

-               Oshirib yuborma! Butun olamga ovoza solgan sen bo‘lasan! Dashtni bosib o‘tish uchun o‘n to‘rt yil yuribsan! Ibrohim dedi: Ey pok qadam, sen farishtalardek, Osmonni ham kezib chiqishga qodirsen! Ammo ayt-chi, nima uchun men shuncha yo‘l yurib azob chekdim, azobni men chekdimu xazina senga tegdi? Robia unga dedi:

-               Tushun! Bir necha yil cho‘lda barcha yo‘llarni bosib o‘tar ekansen, sening ishing namoz o‘qimoq bo‘ldi, xolos! Men esa Unga istagimni aytdim, ishva, noz qildim, yalinib-yolbordim! Namoz o‘qib, riyo qilib, erishgan hosiling shudir. Menga esa yalinib-yolborishim va o‘zligimdan kechganligim shu mevani berdi.

_____________
* Adham — Balx podshohi (777-y. da vafot etgan).

 

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan

 

Ziyouz.uz saytidan olindi

Read 554 times
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top