SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// Tashkent Islamic University Motto ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Ma'lumki, jamiyatdagi boshqaruv tizimidagi motivatsion jarayonlar, rahbarlar boshqaruv malakalarini rivojlantirishda turli xil interfaol ta'lim uslublariga murojaat etilmoqda. “Interfaol ta'lim” tushunchasi ta'lim ishtirokchilarining o‘quv sharoitidagi o‘zaro faol munosabatini anglatadi. Bunday interfaollikka o‘quv jarayonini maxsus tarzda tashkil etish hisobiga erishiladi. Xususan, mashg‘ulot ishtirokchilarini o‘quv maydonida maxsus joylashtirish; diada va kichik guruhlarda birgalikdagi faoliyatni tashkil etish; verbal va noverbal muloqotning turli ko’rinishlarini namoyon etish sharoitini yaratish; boshqaruv mavzusiga oid turli xil keys-stadilar, ya'ni  muammolarni hal etish vaziyatini yaratish; qayta aloqani ta'minlash, mashg’ulotda refleksiv bayon etishni tashkil etish kabilar bunday tadbirlar qatoridan o‘rin oladi. Interfaol ta'lim sharoitida turli fikrlar, pozitsiya, qadriyatlarga asoslangan holda o‘zaro tajriba almashish uchun sharoit yaratiladi hamda turli qarama-qarshi fikrlar bilan tanishish, faol tinglash asosida o‘zgalarni tushunish, bildirilgan fikrga va uning  egalariga nisbatan tolerant munosabatni namoyish etish kuzatiladi. Ishtirokchilar u yoki bu masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirar ekanlar, shu qatorda shaxsiy nuqtai nazardalarini ham anglab boradilar va natijada, tashkilot rivojlanishining bugungi holati uchun ahamiyatli bo‘lgan biron-bir qarorda to‘xtash imkoniga ega bo‘ladilar.

   Trening – bu tajriba asosida o‘rganish, ya'ni qisqa fursat ichida maxsus yaratilgan sharoitda shaxsiy tajribani tashkillashtirishdir. Boshqaruv treninglari haqida gapirar ekanmiz, mashg‘ulot davomida biron-bir muammoli vaziyatni modellashtirish va uning yechimini guruhiy muhokama davomida topish maqsadi qo‘yiladi. Ikkinchidan, mazkur yechimni amalga oshirish benuqson va kamxarajatli bo‘lishi uchun faoliyatni amalga oshirish mexanizmlari qayta-qayta mashq qilinadi. Natijada, maxsus yaratilgan sharoitda shakllangan malakalarni amaliyotga tatbiq etish ehtimoli oshadi, shaxs ruhiyatida maqsadga erishishga ishonch va vakolatlik tuyg‘usi va boshqaruvda motivatsiya shakllanadi. Treningsiz ham muayyan bir maqsadga erishish mumkin, lekin trening orqali ushbu vazifa tezroq bajariladi va mo‘ljalga aniq olish samarasi ham yuqori bo‘ladi.

  Jamoalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan treninglarni tahlil qilgan holda mavjud dasturlarni quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin:

   1. Jamoa maqsadi va unga erishish vositalarini ishlab chiqish dasturlari (tashkilot falsafasi va strategiyasi treningi, qarorlar qabul qilish treningi, strategik fikrlash treningi), bu guruhga, shuningdek, fokus-guruhlarning ayrim turlarini  ham kiritish mumkin.

   2. Jamoadagi munosabatlarni optimizatsiyalashga yo‘naltirilgan treninglar (komandani shakllantirish, liderlik, shaxsiy ta'sirni kuchaytirish, nizolarni hal etish treninglari);

   3. Jamoa xodimlarining shaxsiy sifat, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening dasturlari (boshqaruvda ijodiylik, samarali muloqot, o‘ziga ishonchni yuksaltirish, muzokaralar olib borish, sensitivlik treningi, idora etish treninglari: motivatsiya treningi, iroda treningi, psixik idora etish dasturlari va shu kabilar). 

  Biznes treninglar, tashkilotdagi o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlarining boshqaruvga oid malakalarini mukammallashtirrishga yo‘naltirilgan. Bunday treninglar orqali rahbar o‘zidagi kuchli va zaif tomonlarni anglaydi, o‘zida mavjud bilim va malakalarning bajarayotgan funksiyalarga mosligini aniqlaydi hamda eng asosiysi – o‘z ishida yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga ega bo‘lish kerakligi va bunday malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu jihatdan trening bir tomondan, rahbarga o‘z qobiliyat va imkoniyatini baholash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, shaxs qobiliyatini rivojlantirish yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi.

  B. Masterov bugungi kundagi biznes treninglar mahsulotini uch toifaga bo‘ladi:

  Birinchisi – odamlarda o‘zgarish sodir qiladigan treninglar, ya'ni insonning borliq haqidagi tasavvuri, hayot konsepsiyasi o‘zgaradi. Bu trening doirasida faoliyatning yangi uslublari o‘zlashtiriladi, shaxsiy resurslar rivojlantiriladi.

 Ikkinchisi – real komandalarga qaratilgan korporativ treninglar, buning natijasi shaxsning muloqot uslubi va uning munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlarni qayd etish mumkin. Masalan, rahbar qaror qabul qilish, majlislar o’tkazishning yangi usulini o‘zlashtiradi va bu yangiliklar avvalgisidan ko‘ra samaraliroq bo‘ladi.

  Uchinchi – shakldagi treninglar tashkilot hayotiga oid biznes qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tashkilot hayotini yangi darajaga olib chiqish maqsadiga ega.

Sanab o‘tilgan treninglar mohiyatan turlicha bo‘lib, ularni o‘tkazish texnologiyasi trenerga bo‘lgan talablar ham turlichadir. Ayniqsa, uchinchi shakldagi treninglarda trenerdan tashkilot tizimi va xususiyatini chuqur bilish talab etiladi. Bunda hatto trener, ishtirokchilar va buyurtmachi o‘rtasida mas'uliyatning bo‘linish darajasi ham o‘zgacha bo‘ladi. Ayrim ekspertlarning fikriga ko‘ra, har bir trening turiga mos ravishda trenerlarning ham moyilligi turlicha.

  Yuqorida ta'kidlanganidek, treningni guruh sharoitida o‘tishi interfaol muhitni yaratadi va natijada guruhning faollashuvi orqali maqsadga erishish imkoni oshadi. K.Levinning ta'kidlashicha, shaxs xulqi va ustanovkasidagi ko‘pgina barqaror o‘zgarishlar individual emas, balki guruhiy kontekstda amalga oshadi.

  S.I.Makshanovning ta'kidlashicha, trening davomida rahbar faoliyatiga oid izomorf muhit yaratiladi. Trening ishtirokchilari kasbiy faoliyat modellari bilan o‘zaro faol munosabatda bo‘ladilar va bu vaziyat motivatsion zo‘riqish holatida o‘tadi. Trening davomida, guruhda o‘ziga xos muhitni yaratish maqsadi turli xil rol va ish o‘yinlaridan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda, turli psixodiagnostik mashqlar, faoliyatni modellashtiruvchi vositalar rahbar faoliyatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan holda reallikka yaqin vaziyat shakllantiriladi.

  “Men konsepsiya”siga salbiy ta'sir etadi. Treningda esa har bir xulqi shakli yetuk darajaga yetguncha takror va takror ijro etilishi mumkin. Ishtirokchi hayotda o‘zi yo‘l qo‘ygan biron vaziyatni qayta tiklash orqali unda adekvat harakat qilishga urinadi, guruh a'zolari va trener orqali “qayta aloqa” hisobiga o‘z xatosini anglaydi va xulqini korreksiyalab boradi. Natijada, faoliyatning to‘laqonligi ta'minlanadi, vaziyat inson ongida bir butun va yaxlit holda gavdalanadi hamda qoniqish hissi paydo bo‘ladi.

  Xulosa qilib aytganda, bunday psixologik treninglarni boshqaruv sohasida qo‘llash nafaqat shaxs sifatlariga balki ishlab chiqarish jarayoniga ham samarali yutuqlar olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G‘oziyev E.G’. “Umumiy psixologiya” O‘zMU. 2002

2.Захаров В.П., Хрящева Н.Ю. Социально-психологический тренинг. Л., 1989.

3.Макшанов С. И. Психология тренинга: Теория. Методология. Практика: Монография. - СПб.: «Образование», 1997. - 238 с.

4.Г.И. Марасанов. Социально-психологический тренинг. «Когито-Центр», М., 2001. 250 с.

 

Umida Alimova,

 universitet oqituvchisi 

Read 1266 times
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top