SJ News II - шаблон joomla Авто
Tashkent Islamic University Motto ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA
Do‘stlik haqida hadislar

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Otang do‘st tutgan kishilarning do‘stligini saqla, ular bilan aloqani uzma. Agar aloqani uzsang, Alloh taolo sening nuringni o‘chirib qo‘yadi.

***

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “O‘zingizga ravo ko‘rgan narsangizni birodaringizga ham ravo ko‘rmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar!”.

***

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Har bir mo‘'min banda o‘z birodarining ko‘zgusidir. U birodarida bir aybni ko‘rsa, o‘zida bo‘lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak”.

***

Kosib, ya'ni kasbu hunar bilan shug‘ullanuvchi kishi Allohning suyukli do‘stidir.

***

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: Rasululloh (s.a.v.): “Mening nafsim qo’lida bo‘lgan zot nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo‘lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo‘lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo‘ymog‘ingiz shart. O‘rtalaringizda muhabbat paydo bo‘lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya'ni u sochni tarashlamaydi, balki dilni tarashlaydi”,- dedilar.

***

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Musulmon musulmonga birodar. Odam birodarini aldamaydi, unga xiyonat qilmaydi, uni xo‘rlamaydi. Musulmonning eng qabih ishi – musulmon birodarini haqoratlashidir”.

***

Musulmon musulmonning birodaridir, u birodarini yordamsiz qoldirmaydi va unga zulm qilmaydi.

***

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: “Musulmonlarning bir-birlarida ezgulikda oltita haqlari bor. Agar uchrashsa salom beradi, chaqirsa boradi, aksirsa javob beradi, kasal bo‘lsa borib ko‘radi, o‘lsa janozasini kuzatadi, o‘ziga ravo ko‘rgan narsani unga ham ravo ko‘radi”. 

***

Abu Ayyub al-Ansoriy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: “Musulmon kishi o‘z musulmon birodarini uch kundan ortiq tark etishi (arazlashi) halol emas. Uchrashgan paytlarida bir-birining oldini to‘sishi mumkin emas, ulardan eng yaxshisi avval salom berib, muomalani boshlaganidir”.

***

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: “Bir-biringizni orangizni uzmang, bir-biringizni orqasidan aybini qidirmang, bir-biringizni yomon ko‘rmang, bir-biringizga hasad qilmang. Allohning yaxshi og‘a-ini bandalari bo‘ling. Musulmon kishi musulmon birodarini uch kundan ortiq tark etmasligi kerak”.

Read 327 times
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top