SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// Tashkent Islamic University Motto

Islom – mo‘'tadil din. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir”, deb ta'kidlaganlar. Demak, har bir ishda, hatto e'tiqod masalalarida ham mo‘'tadillik tamoyillariga rioya etish islomning asosini tashkil etadi. Dinimizga xos bunday mo‘'tadillik ijtimoiy hayotning turli sohalarida musulmonlar amal qiladigan an'analarda ham aks etadi. Ammo bugungi kunda dindagi biror amal yoki tushuncha mazmunini talqin qilishda me'yorni buzish, haddan oshishdek holatlar ham uchramoqda.

  Haddan oshishlik diniy savodning to‘g‘ri tashkil etilmagani yoki e'tiqod borasida noto‘g‘ri xulosalar chiqarilgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma'lumki, dinda haddan oshishlik “g‘uluv” deb ataladi. Hadislarda ta'kidlanishicha, diniy masalalarda haddan oshgan qavmlarning aksariyati Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘lishgan. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda ham islom dini haqida yetarlicha ilmi bo‘lmasdan Qur'onni o‘zicha anglash, hadislarni o‘z bilganicha talqin etish, mazhablarni tan olmaslik, tasavvufni shariatsiz tasavvur qilish, o‘zi qo‘l bergan pirga ko‘r-ko‘rona ergashish, hatto, unga sig‘inish darajasida e'tiqod qilish kabi shakllarda g‘uluvga ketish hollari mavjudligini qayd etish lozim.

  Zamonaviy voqelik turli mutaassib va ekstremistik oqimlar g‘uluvni o‘z maqsadlariga erishish vositasiga aylantirib olganlarini ham ko‘rsatmoqda. Jumladan, ko‘plab diniy ekstremistik harakatlar islom xalifaligini tiklashni o‘zlarining pirovard maqsadlari, deb e'lon qilgan. Rasululloh (s.a.v.) “Mendan keyin xalifalik 30 yildir” deganlarini hamda buyuk musulmon ulamolari tomonidan xalifalik shartlari masalasi nechog‘lik mukammal o‘rganib chiqilganini inobatga oladigan bo‘lsak, ular mazkur masalada qanchalik chuqur g‘uluvga ketayotganlarini anglash qiyin emas.

  “Tolibon” kabi diniy ekstremistik va terrorchi harakatlarning soqol oldirgan yoki uni qisqartirgan kishiga nisbatan keskin jazolar qo‘llab, soqol qo‘yishni farz darajasiga ko‘tarishgani ham g‘uluvga ketishning yorqin misoli bo‘la oladi. Aslida esa, bu amal sunnat, soqolni chiroyli, ko’rkam tarzda parvarishlash esa musulmonning husni-xulqi ekani qator hadislarda ta'kidlangan.

  Haddan oshishning islom dini ta'limotiga zid ekani Qur'on oyatlari, hadislar va ulamolarning fikrlarida mufassal bayon qilingan.

  Oyat: “Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi” (Moida, 87). Oyat: “… Hyech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) qilmaymiz” (An'om, 152).

  “Tafsiri hilol” kitobida ushbu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: “Islom dini kishilarga og‘irlik bo‘lishini, ularga toqatlaridan (qurbidan) tashqari taklif (ish va amal)lar yuklatilishini xohlamaydi. Islomning musulmon jamiyati a'zolariga yuklagan takliflarida hech qiyinchilik yo‘q. Ularning barchasi Allohga ibodat bo‘lsa ham, aslida musulmonning o‘z shaxsiga, oilasiga, jamiyatga va butun insoniyatga foyda keltiradigan ishlardir. Shuning uchun islom, o‘z ixtiyori bilan g‘uluvga ketib, qo‘shimcha ibodatni ko‘p qilishga urinadigan odamlarni bu ishdan qaytaradi”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Alloh nomiga ont ichib aytamanki, albatta, men sizlardan ko‘ra Allohdan qo‘rquvchiroq va taqvolirog‘ingizman! Lekin men ro‘za ham tutaman, og‘zim ham ochiq bo‘ladi. Namoz ham o‘qiyman, uxlayman ham va oila quraman. Bas, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas”.

  Imom Ahmad (r.a.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Dinda haddan tashqari g‘uluv ketmanglar. Chunki sizlardan ilgari o‘tgan qavmlar dinda g‘uluvga ketganlari sababli halok bo‘lganlar”.

  Imom Tahoviy aytadilar: “Islom - g‘uluv, ya'ni haddan oshish, chuqur ketish bilan qosirlik, ya'ni beparvolik va sustkashlik qilish o‘rtasida. U o‘rtacha din bo‘lib, unda o‘ta qattiqlik va injiqlik ham, hamma narsaga o‘ta beparvo va sust qarash ham yo‘qdir. Chunki har ikki taraf ham ayb va nuqsonli, yaxshilik esa bu ikkisining o‘rtasidadir”. Imom G‘azzoliy aytadilar: “Bilki, bir kecha-kunduz yigirma to‘rt soatdan iboratdir. Uning uchdan birida, ya'ni sakkiz soat uxlash mo‘'tadillikdir. Kim bundan oz uxlasa, badani uchun iztirobdan omon bo‘la olmaydi. Kim bundan ko‘p uxlasa, dangasaligi ziyoda bo‘ladi”. Imom Shotibiy aytadilar: “Dinda g‘uluvga ketish nafsga shariat lozim qilmagan narsani lozim tutishdir”.

 

Jamoliddin Karimov,

oqituvchi

Read 615 times Last modified on Enjte, 09 Mars 2017 11:11
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top