SJ News II - шаблон joomla Авто
“YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» /////
O‘zlaringizdan bo‘lgan rahbarlarga itoat eting

Dunyoviy hukumatni kofirlikda ayblash orqali islomga umuman yot bo‘lgan “fitna” - amaldagi davlat tuzumiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarish amaliyotini qo‘llashga harakat qilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlarning mavjudligi ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Ular dunyoviy davlat tamoyillarini qoralash, demokratiya, konstitutsiya, saylov kabi siyosiy institutlarni inkor qilish barobarida davlat to‘ntarishini amalga oshirish orqali hokimiyatni qo‘lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o‘rnatishni asosiy maqsad sifatida e’lon qilmoqda.

Terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi xalqaro hujjatlarda terrorizm “davlatga qarshi qaratilgan jinoiy faoliyat” sifatida baholanadi. Davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligini buzish, boshqaruvini izdan chiqarish va mavjud tuzumni ag‘darib tashlashga qaratilgan buzg‘unchilik harakatlari terrorizmning manfur ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda bunday buzg‘unchi harakatlar din bayrog‘i ostida ham amalga oshirilayotganini afsus bilan qayd etish lozim.

Hizbut-tahrir” faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan terrorchlik amaliyotlarida ishtirok etgani ham qayd etilgan g‘oyalar amaliyot uchun qo‘llanmaga aylanganini ko‘rsatadi. 1968, 1974 va 1977-yillarda “Hizbut- tahrir” a’zolari Iordaniyada , 1974-yilda esa Misrda harbiy isyon ko‘tarishga uringani, 2000-yil yanvarda Suriya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan hukumatga qarshi g‘alayonlar ko‘tarishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tashkilot faollarining 800 nafari qamoqqa olingani esa bunday amaliyotning ko‘lami va oqibatlarini tasavvur qilish imkonini beradi.

Davlatga qarshi targ‘ibot olib borish, davlat boshqaruvini izdan chiqarish va mavjud tuzumlarni ag‘darib tashlash yo‘lidagi harakatlarning islom dini ta’limotiga zid ekani Qur’on oyatlari, hadislar va ulamolarning asarlarida mufassal bayon etilgan.

Oyat: “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz!” (Niso, 59).

“Qur’oni karim manolarining tarjima va tafsiri”da ushbu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: “Bu oyatdan Alloh va Uning rasulining buyruqlariga itoat qilish bilan birga musulmonlar o‘zlaridan bo‘lgan din va davlat boshliqlariga ham itoat qilishning vojibligi ma’lum bo‘ladi. Modomiki, rahbar yoki ota-onalar gunoh ishlarga buyurmas ekanlar, ularga itoat etish shar’an vojibdir”.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Kimki menga itoat qilsa, Alloh taologa itoat qilgan bo‘ladi, kimki menga osiylik qilsa, Alloh taologa osiylik qilgan bo‘ladi, kimki amiriga itoat qilsa, menga itoat qilgan bo‘ladi va kimki amiriga osiylik qilgan bo‘lsa, menga osiylik qilgan bo‘ladi”, - dedilar”.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Agar sizlarga boshi qora mayiz singari qop-qora qul boshliq qilingan bo‘lsa ham, unga quloq soling va itoat qiling”. Ibn Hajar al-Asqaloniy ushbu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: “Musulmonlar jamoasining vakillari o‘z ra’ylariga asoslangan holda yashab, turli xil firqalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasliklari uchun bir boshliq yoki valiyga itoat etishlarini shariat Allohga va Payg‘ambarga itoat etish deb tayin qiladi. Zero, hamjihatlik va ittifoqlikning yo‘qligi hamma muammolar va kelishmovchiliklarning omilidir”.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Kimki o‘z amirining biror ishini yoqtirmasa, sabr qilsin, chunki jamoatdan bir qarich chetga chiqqan kishi johiliyat (davri) o‘limini topadi (ya’ni imonsiz ketadi)!”.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Hukmdoring seni oldi-orqangga ursa ham, mol-mulkingni tortib olsa ham unga itoat qil”.

Imom Ibn al-Munzir ushbu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: “Ilm egalari har bir musulmon o‘z mol-mulkini nohaq tortib olmoqchi bo‘lganlardan himoya qilishi lozimligiga ittifoq qilishgan. Lekin shu bilan birga, barcha muhaddislar podshoh bundan mustasno ekanini, agarchi u adolatsizlik qilsa ham, sabr qilish lozimligi va unga qarshi qurol ko‘tarib chiqish mumkin emasligini e’tirof etishadi”.

Imom al-Barbahari aytadilar: “Musulmonlarning hukmdorlariga qarshi chiqqan har qanday kishi mo‘minlarning tinchligini buzuvchi va hadislarga zid ish qiluvchi “xorijiy”dir. Uning o‘limi “johiliya” o‘limi bilan tengdir”.

Burhoniddin Marg‘inoniy aytadilar: “Davlatga qarshi bog‘iylar va yo‘lto‘sarlar o‘ldirilsa, ularga janoza namozi o‘qilmaydi, chunki Hazrati Ali (r.a.) bog‘iylar (davlatga qarshi bosh ko‘targanlar)ga janoza o‘qimagan edilar”.

 

Shukrullo Jorayev,

 Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy xodimi

Hidoyat ortiga yashiringan zalolat”

kitobidan olindi.

Read 227 times Last modified on Shtune, 04 Mars 2017 13:50
Share this article

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top