Ichki nazorat va monitoring bo`limi

    Universitet ichki nazorat va monitoring bo`limi 2006-yilda tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligining “Oliy ta`lim muassasasi ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to`g`risida”gi .nizomga muvofiq Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o`quv-ta`lim jarayonida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta`limga oid qarorlari, Oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligining me`yoriy hujjatlari va uslubiy ko`rsatmalarining ijro etilishini o`z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.

Bo`lim o`ziga yuklatilgan vazifalar doirasida monitoring tizimini ishlab chiqadi hamda kadrlar tayyorlash, institut professor-o`qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi, ta`lim standartlari monitoringini o`tkazishda amaliy va uslubiy yordam ko`rsatadi, institutda o`qitishning holati va taraqqiy etishi bo`yicha ma`lumotlarni yig`adi va doimiy ravishda uni to`ldirib boradi, o`quv jarayonining isloh qilish va takomillashtirish bo`yicha analitik materiallar hamda takliflarni tayyorlaydi, ijro intizomi ustidan nazoratni amalga oshiradi, hamda uni yaхshilash bo`yicha amaliy va uslubiy yordam ko`rsatadi, universitet alohida bo`linmalarining ilg`or tajribalarini o`rganadi, umumlashtiradi va targ`ib qiladi, reyting tizimi asosida professor-o`qituvchilar faoliyatini baholash usullarini tatbiq qilishga yaqindan yordam beradi.

Ichki nazorat va monitoring bo`limi boshlig`i Хidiraliyev Husayn Ro`zimatovich

Telefon: 244-94-64