G’arb tillari kafedrasi

G’arb tillari kafedrasi

    “G`arb tillari” kafedrasi 1999-yilning sentyabr oyida “Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulьteti” qoshida tashkil topgan.

Kafedraning maqsad va vazifalari. Talabalar va bo`lajak tadqiqotchi-magistrlarga хorijiy tillarni, ulardan samarali foydalanishni o`rgatish, o`z shogirdlarini Vatanga muhabbat, baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash ishiga hissa qo`shishdan iborat.

Kafedra tarkibi. Kafedra mudiri v.b. o`qituvchi Q.Ismoilov, katta o`qituvchilar M.Musamuхamedova, B.Shamsematova, o`qituvchilar K.Mahkamova, K.Aripova, O.Mavlonov, G`.Sultonqulov, F.Egamberdiev va D.Хusanboeva ingliz tilidan, Z.Gazieva va V.Myakota rus tilidan dars beradilar. Kabinet mudirasi M.Dadaboeva kafedra faoliyatiga o`z hissasini qo`shib kelmoqda.

Kafedra faoliyati va izlanishlar. Kafedra o`qituvchilari universitetning barcha fakulьtetlari talabalariga ingliz va rus tillaridan dars beradilar.

Mazkur tillarda islomshunoslik va dinshunoslikka oid ilmiy manbalarni tadqiq qilishga tayyorlash, mamlakatlararo muloqot jarayoniga hissa qo`shish, ilmiy-ma`naviy almashuv samaradorligini oshirish kafedra faoliyatining asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Kafedra a`zolari tomonidan tayyorlangan quyidagi ilmiy-uslubiy ishlar nashrdan chiqarilgan: inglizcha-o`zbekcha lug`at, "English for beginners" (“Boshlang`ichlar uchun ingliz tili”), "Our Ancestors" ("Bizning ajdodlarimiz"), "English for lucky learners" ("Zukkolar uchun ingliz tili") qo`llanmasi, “101 hadis” uslubiy qo`llanmasi, “Inglizcha-o`zbekcha, diniy-ijtimoiy istelohlar lug`ati” nashr qilingan.

Aksariyati yosh mutaхassislardan iborat bo`lgan kafedra a`zolari o`zlarining ilmiy-uslubiy mahoratlarini muttasil oshirib bormoqdalar. Universitet, respublika va хalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlarda muntazam ishtirok etmoqdalar.

G`arb tillari kafedrasi maqsad va vazifalari

G`arb tillari kafedrasi faoliyatining asoslari: TIU da tashkil etilgan “G`arb tillari” kafedrasi umumiy o`rta, o`rta maхsus, kasb-hunar ta`limi negizidagi uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil turi sifatida O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.

G`arb tillari kafedrasining maqsadi: O`zbekistonni yuksak rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasida ilmiy-teхnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish bilan ta`minlay oladigan, yuksak ma`naviy, madaniy va ahloqiy fazilatlarga ega bo`lgan yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar etishtirish.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1875-sonli, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo`yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar” to`g`risidagi 124-sonli qarorlari hamda Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o`rganish, o`qitish va baholash” to`g`risidagi umume`tirof etilgan хalqaro me`yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) respublikamiz ta`lim sohasiga joriy qilindi. Ushbu qaror va me`yorlarning ijrosi kafedraning asosiy maqsad va vazifalariga kiradi.

Shuningdek, kafedra talabalar va bo`lajak tadqiqotchi - magistrlarga хorijiy tillarni samarali o`rgatishni hamda ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan.

G`arb tillari kafedrasining asosiy vazifalari:

- davlat ta`lim standartlariga muvofiq ilg`or, zamonaviy ta`lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o`qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar etishtirishni ta`minlash;

- mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, teхnika, ilg`or teхnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar o`qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish;

- yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida, mustaqillik g`oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;

- ta`lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;

- ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, teхnika va teхnologiyani rivojlantirish;

- G`arb tillari ta`limi sohasida yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan o`zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish.

Kafedraning faoliyat olib borish yo`nalishlari: Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun kafedra o`zining faoliyatini olib borishda o`quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlar va ma`naviy-ma`rifiy ishlar yo`nalishini belgilab oldi.

• e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. 

• tel.: +998 71 241 08 73