SJ News II - шаблон joomla Авто

ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

Universitetda “Ekologik tahdidlar va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

Universitetda “Ekologik tahdidlar va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

  2017-yil 24-may kuni mutaxassislar ishtirokida “Ekologik tahdidlar va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

Xim1 

Davra suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari Jumaniyozov Quvondiq Yo‘ldoshevich va G‘afforov Xayrulla Lutfullayevich ishtirok etdi. Ma’ruzada orol fojiasi, suv tanqisligi, sahrolanishni kuchayishi, chiqindilar muammosi, atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalar, iqlim o‘zgarishi kabi ekologik muammolar hamda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ekologik ta'lim-tarbiya masalalari yuzasidan fikrlar tinglandi. Shuningdek, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxssislar keng va atroflicha ma'lumot berib o‘tdi. O‘tkazilgan davra suhbat ekologiyani asrab-avaylash va himoyalashga qaratilgan ta’sirchan tadbirlardan biri bo‘ldi.

 

Matbuot xizmat

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top