SJ News II - шаблон joomla Авто

“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// ///// Tashkent Islamic University Motto ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK”

Universitetda “President saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi

25-noyabr kuni universitet o’qituvchi va talabalari ishtirokida “President saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida ma’ruza o’tkazildi.

 

saylov11

Ma’ruzani universitetning “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq” kafedrasi o’qituvchilaridan N. Yusupova. M. Qahhorova, Z.Mamazova va F. Rashidov olib bordi. Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarining huquqiy asosini belgilab bergan ko‘plab qonun hujjatlarining tashabbuskori va ijodkori bo‘lganligi va O‘zbekistonda demokratik tamoyillarga to‘liq javob beradigan milliy saylov tizimi va qonunchiligi yaratilgani ham bevosita Birinchi Prezident nomi va faoliyati bilan bog‘liqligi, mamlakatimiz saylov qonunchiligi asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan va jahonda e’tirof etilgan muhim demokratik prinsiplar tashkil qilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilganidek, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlashi, Prezident fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafolati ekanligi yuzasidan gapirib o’tildi.

Shuningdek,  2016-yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi mamlakatimiz, xalqimiz hayotida g‘oyat muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir bo’lishi va har bir fuqaroning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya etgan holda ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

   Bundan tashqari, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida saylov qonunchiligiga saylov erkinligi prinsipini yanada to‘liq amalga oshirishga oid me’yorlar kiritilganligi va bu esa, saylovoldi tashviqotini o‘tkazishda siyosiy partiyalar va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni teng sharoitlar bilan ta’minlash samaradorligini oshirish, saylov davomida oshkoralikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish imkonini berganligini ma’lumotlar asosida aytib o’tdilar.

     Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea ekanligi ta’kidlab o’tildi.  

Matbuot xizmati

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top