SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet professor-o‘qituvchi va rahbar xodimlari ishtirokida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

5-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng jamoatchilikka tushuntirish va targ‘ib etish maqsadida Farg‘ona viloyati tumanlaridagi Mahalla fuqarolar yig‘inlarida davra suhbatlari olib borilmoqda.

 

far1

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 81-Q/B, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi 43-sonli qo‘shma buyruqlarini ta'minlash maqsadida 2018-yil 5-yanvardan 10-yanvarga qadar Farg‘ona viloyati hududidagi mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi mamlakatimiz Parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha tashviqot tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

far2

O‘tkazilayotgan seminarlarda universitetning Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti dekani Z.Ro‘ziyev, “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq” kafedrasi mudiri H.To‘ychiyeva, Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi N.Shomirzayev, YUNESKO kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi I.Haydarov ishtirok etmoqda.

far3

5-yanvar kuni Farg‘ona viloyatidagi “Yalang‘och ota” MFYda hamda 6-yanvar kuni Beshariq tumanidagi “Pastki Yakkatut” MFYda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida universitetning “Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash” fakulteti dekani Z.Ro‘ziyev ishtirok etib, 150 dan ortiq mahalla fuqarolari uchun ma’ruza olib bordi.

         far4

Ma’ruzada 2017-yil mobaynida diniy-ma’rifiy, ma'naviy sohada amalga oshirilgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.

O‘tkazilgan bu kabi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng jamoatchilikda siyosiy-huquqiy madaniyatni qaror toptirish barobarida diniy-ma’rifiy bilimlarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top