SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan “O‘zaro ishonch va hamjihatlik – faoliyatimiz asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

29-dekabr kuni universitet professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida rektor R.Abdullayev rahbarligida davra suhbati o‘tkazildi.

 

et1

Ma’ruzada “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan yil davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan yil davomida universitetda ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar, ilmiy, ma'rifiy sohadagi vazifalar ijrosi va bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, shu bilan birga, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar xususida ham atroflicha fikrlar tinglandi.

Ma’ruza davomida universitet rektori R.Abdullayev talabalarning qiziqishlari, ta'lim olishdagi imkoniyatlar, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan yil davomida kurslar doirasida ochiq muloqotlar olib borilganligi, ochiq va erkin muloqot orqali ular psixologiyasi, qiziqishlari o‘rganilganligi va o‘rganish davomida masalalar o‘z yechimini topganligini ta’kidladi. Biroq, talaba-yoshlarda ma’naviy sog‘lom muhitni yaratishda ba'zi oqsoqliklar ham ko‘zga tashlanayotganiligini, afsus bilan gapirib o‘tdi. Ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatimizda dahldorlik, vatanparvarlik, ogohlik va hushyorlik tuyg‘usi muhim ekanligini, loqaydlik, befarqlik, e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik kabi illatlar yot bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.

et2

Ma'ruza so‘nggida yangi – 2018-yilda talaba-yoshlar ma’naviy olamini boyitish, ularni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda professor-o‘qituvchilarga kuch-quvvat tiladi.  

So‘ng Axborot-texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i J.Agzamxonov o‘quv jarayonini avtomatlashtiruvchi axborot tizimi (UNISYS), uning tuzilishi, ma'lumot kiritish yo‘llari, foydalanish usullari, uning imkoniyatlari bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berdi.

et3

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top