SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Yoshlarni aqidaparast oqimlar, ekstremistik va turli tahdidlardan asrash choralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

23-dekabr kuni majlislar zalida islomshunos olimlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

rr1

Davra suhbatda universitet rektori R.Abdullayev, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi M.Tolibov, universitetning Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori J.Najmiddinov ishtirok etdi va ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzani universitet rektori R.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi globallashuv, axborot xuruji avj olgan davrda talaba-yoshlar hamisha sergak va hushyor bo‘lib, puxta bilim olishlari, ma’rifatli bo‘lishlari va turli yot g‘oyalarga qarshi kurashda ma’rifat ularning asosiy quroli bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi

rr2

So‘ngra ma’ruzaga chiqqanlar, aqidaparast oqimlar, ularning turli g‘oyaviy tahdidlari, ekstremistik harakatlar, ularning maqsadlari, insonlar, ayniqsa, yoshlarning bilib-bilmay tushib qolish sabablari, anchli oqibatlari, turli ko‘rinishlardagi, xususan ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’siri xususida misollar asosida keng va atroflicha ma'lumotlar berdilar.

        Ma'ruza davomida ilm-ma'rifatli bo‘lish, islom ma'rifatini chuqur anglab yetish, boy ilmiy merosimizni puxta o‘rganish va eng muhimi, ota-ona, jamiyat, yurt oldidagi mas'uliyatni hamisha his qilib yashash lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, mutaxassislar yoshlarni hamisha hushyor va ogoh bo‘lishga, yurt tinchligi, vatan ravnaqiga dahldorlik hissi bilan yashashga chaqirdi.

rr3O‘tkazilgan davra suhbat ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy jihati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Ta'kidlash lozimki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar muntazam ravishda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Matbuot xizmati



  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top