SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

21-dekabr kuni sa'nat arboblari, ijodkorlar ishtirokida 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

buy11

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-apreldagi “2017-yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 63-sonli (08/1-248 17.04.2017 y.) majlis bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Yoshlar madaniyat va san'at markazi hamkorligida mazkur targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi eksperti Muhammadali Eshnazarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Dilshod Rajabov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Feruza Boboyorova ishtirok etdi.

         buy2

Xalq bilan yuzma-yuz muloqot ruhida tashkil etilgan mazkur tadbirda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitobida ilgari surilgan g‘oyalarni talabalarga ishonarli hayotiy misollar asosida, sodda va samimiy usulda kengroq yetkazib berishga, shu bilan birga, yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini turli mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratildi. 

So‘ng o‘tgan qisqa davr mobaynida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilganligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilishi, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko‘rsatishi “Inson manfaati - har narsadan ulug‘” degan ezgu g‘oyaning hayotga izchil va samarali joriy etilishi hususida so‘zlab berdilar hamda milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga ko‘r-ko‘rona kirib ketishning salbiy va ayanchli oqibatlari, farzandlarning o‘z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, kasb va hunarga ega bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda fikrlar bildirildi.

buy3

Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha keng va atroflicha ma’lumot berdilar.

buyU

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga, ularda vatanparvarlik, shukronalik hissini kamol toptirishga va kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchini yanada orttirishga hamda yoshlarni turli salbiy oqim va yot g‘oyalar, zararli illatlar ta'siridan ishonchli asrash va himoyalashga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top