SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet Talabalar turar joyida siyosiy sohaga oid "10 savolga – 10 javob” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

19-dekabr kuni dotsent Shoislom Akmalov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

 

w1

Davra suhbat talabalarning siyosiy bilimlarini yanada oshirish hamda O‘zbekiston va jahonda yuz berayotgan siyosiy jarayonlardan xabardor etish maqsadida savol-javob tarzida tashkil etildi.

Sh.Akmalov dastalab o‘z ma’ruzasini bugungi kunda  dunyodagi sisyosiy vaziyat va yurtimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan siyosati to‘g‘risida ma’lumot berishdan boshladi.

So‘ngra Yaqin Sharq muommosi, bunda arab davlatlari hamda Eron Islom Respublikasi va Turkiyaning roli qay darajada ekanligi, Kuba davlatidagi davlat boshqaruvi, Xitoyning tashqi iqtisodiy munosabatlari, Saudiya Arabistonidagi siyosiy holat, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va AQSh o‘rtasidagi ziddiyat sabablari hamda mazkur mamlakatlar ichki ahvolining negativ jihatlari, davlat rahbarlarining vaziyatni o‘nglashga qaratilgan chora-tadbirlari hamda yaqin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarayonlar borasida ham tegishli ma'lumotlar berib o‘tildi.

Ma’ruza so‘nggida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz siyosatida tutgan o‘rni, yurtimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi to‘g‘risida talabalar bilan o‘rtoqlashdi. 

w2

Talabalar tomonidan berilgan savollarga Sh.Akmalov keng va atroflicha ma'lumot berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suhbati talabalar uchun siyosiy-huquqiy va ma'rifiy jihatdan qimmatli ekanligi bilan ahamiyatlidir.

TIU Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top