SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

19-dekabr kuni universitet rektori R.Abdullayev rahbarligida talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.

          Universitet rektori R.Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda prorektorlar, dekan va dekan o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, faollari ishtirok etdi.

mu01

Muloqotda bugungi jarayonlar, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, keng ko‘lamli islohotlar, ta'lim-tarbiya jarayoni va ta'lim samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar hamda yoshlarni har tomonlama bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, qulay muhitni yaratilishi, ular barkamolligi uchun ma'naviy-ma'rifiy jihatlarni qaror toptirilishi, shu bilan birga, ustoz-shogird munosabatlarini to‘liq shakllantirilishi bo‘yicha olib borilayotgan muhim masalalar yuzasidan fikrlar tinglandi.

Shuningdek, bugungi shiddatli davrda yoshlar tarbiyasidagi noqisliklar va bu sababli yuzaga kelayotgan muammolar, ular o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ular bilan bog‘liq jinoyatlar xususida ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 mu02

Muloqot davomida talaba-yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib kamolga yetishida oiladagi tarbiya, ta'lim jarayonida olgan ilmi va bu ilmga amal qilishi muhim rol o‘ynashi ta'kidlab o‘tildi.

         O‘tkazilgan muloqot erkin, samimiy, o‘zaro ishonch ruhida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar ta'lim olishi va ilm sirlarini egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida gapirib o‘tar ekan, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar, o‘zlarini qiynayotgan masalalarni ham o‘rtaga tashladilar.

 Talabalar tomonidan berilgan savollarga prorektorlar o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda atroflicha ma’lumotlarni berdilar va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan kamolga yetishda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan amaliy tavsiyalarni ham berib o‘tdilar.

mu11

Ta'kidlash lozimki, ochiq muloqot barcha kurslar doirasida muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. Bugungi uchrashuv-muloqot 3-kurs talabalari ishtirokida o'tkazildi.

TIU Matbuot xizmati 

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top