SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet islomshunos olimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  yuzasidan intervyu berdilar.

18-dekabr kuni islomshunos olimlarimiz “Munosabat” ko‘rsatuvida o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

 Ma’lumki, 2017-yil 15-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan edi.

Shu jihatdan, mazkur qarorda, yurtimiz islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanganligi, bu zaminda Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab allomalar yetishib chiqib, ular nomi nafaqat islom, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilganli ta'kidlangan holda, bugungi kunda ular merosini o‘rganish, tadqiq etish, allomalarimiz yaratgan yo‘nalish va maktablarni davom ettirish, ayni paytda,  shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda islom ma'rifatini anglash, islom ahkomlarini noto‘g‘ri talqin etilishiga, uni soxtalashtirish orqali turli fitna va buzg‘unchiliklardan asrash, uni sofligini saqlash, dinning asl mohiyatini jamiyat a’zolariga, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish lozimligi hamda  diniy salohiyatga ega yuqori darajali mutaxassis kadrlarni tayyorlash zarurligi va buning uchun tashkil etilayotgan Akademiyaning o‘rni va roli har qachongidan muhim va dolzarb ekanligi belgilangan.

Bugun keng jamoatchilik tomonidan samimiy kutib olingan holda, Akademiyani tashkil etilishi va uning faoliyati, bugungi kundagi o‘rni, islom ma'rifati yo‘lidagi ilmiy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Soha mutaxassislari, islomshunos olimlar  va iqtidorli yoshlar ishtirokida tashkil etilgan “Munosabat” ko‘rsatuvi ham ayni shu muhim masalaga bag‘ishlandi.

munoz1

Toshkent islom universitetining islomshunos olimlari ham mazkur ko‘rsatuvga ishtirok etib, bu boradagi samimiy fikrlarini, ilmiy mushohada va qarashlarini bildirdilar. 

Bu kabi o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar qarorning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

TIU Matubot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top