SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbektelekom” hissadorlik uyushmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2017-yil 7-dekabr kuni “O‘zbektelekom” hissadorlik uyushmasi Bosh kommutatsiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Respublika Ma'naviyat-ma'rifat markazi Toshkent shahar Shayxontohur tumani  bo‘limi mudiri B.Arabov, Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov, O‘zbekiston xalq artisti M.Ibragimova ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Toshkent shahar Shayxontohur tumani  bo‘limi mudiri B.Arabov ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, Konstitutsiyamizning hayotimizdagi beqiyosi o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi.

ga1

Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov o‘z ma'ruzasida Mustaqil O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, turli sohalarda erishayotgani yutuqlari, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitining  barqarorligida Konstitutsiyamiz muhim asos vazifasini o‘tayotganiga e'tibor qaratdi. Bugun mamlakatimizga turli o‘lkalardan tashrif buyurayotgan mehmonlar va sayyohlar diyorimizdagi  yerdagi osoyishtalik va xotirjamlikka havas bilan boqayotganlari va bu borada Bosh qomusimizda belgilangan qonun ustuvorligi tamoyili muhim omil bo‘layotganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqlarida “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli rezolyutsiya qabul qilishni bejiz taklif qilmaganlarini, bugungi O‘zbekiston mazkur yo‘nalishda dunyoga namuna bo‘layotganini va bu nafaqat yurtimiz, balki xorijlik olimlar, ekspertlar hamda  mutaxassislar tomonidan qayta-qayta e'tirof etilayotganini aniq misollar bilan izohlab berdi.

ga2

O‘zbekiston xalq artisti M.Ibragimova barchani bayram bilan qutlar ekan O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri E.Vohidovning “Fidoyilar” she'rini o‘qib berdi. El suygan san'atkor tomonidan ijro etilgan spektakllardan lavhalar korxona xodimlariga manzur bo‘ldi. Tadbir bayramona ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 

Ma'lumotni S.Saidjalolov tayyorladi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top