SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

6-dekabr kuni universitet majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

 Tadbirni universitet rektori R.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning insonparvarlikka qaratilgan ustuvor prinsiplari hamda farovon turmushimizning poydevori, ulug‘vor maqsadlarimiz va buyuk ishlarimizning asosi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

ok1

So‘ngra professor O.Karimova “Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni” mavzusida atroflicha ma'lumot berdi. Xususan, yoshlarning ta'lim olishi, erkin kasb tanlashi, munosib hayot kechirishi, Davlat tomonidan berilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishi, bilim olishga intilishi, jamiyat, Davlat ishlarida faol ishtirok etishi, o‘z burch va mas'uliyatlarini sidqidildan bajarishi, Vatan ravnaqi, uning porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shishi xususida gapirib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan videorolik, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov-videoroligi hamda konstitutsiya, uning mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettirgan she'r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

ok2

Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan insho va devoriy gazetalar tanlovi e'lon qilingan edi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy insho va devoriy gazetalar namoyish etildi. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

ok3

O‘tkazilgan tadbir orqali talaba-yoshlarda siyosiy-huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlash barobarida ularda buyuk kelajakni barpo etish yo‘lida birdam, hamjihat, ezgu maqsadlarni amalga oshirishda faol bo‘lishlari lozimligi haqidagi g‘oyalar singdirildi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top