SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Islom sivilizatsiyasi” nomli maxsus kursning navbatdagisi “Diniy ta’lim va uning istiqbollari hamda soha mutaxasislarini tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlandi.

6-dekabr kuni universitetda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurovning “Diniy ta'lim va uning istiqbollari hamda soha mutaxasislarini tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

 

uyg1

"Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO" kafedrasi tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Islom sivilizatsiyasi” nomli maxsus kursda muntazam ravishda dolzarb va ta'lim jarayoni uchun samarali bo‘lgan mavzular kun tartibiga qo‘yilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha yoritib berilmoqda.

Maxsus kurs doirasida o‘tkazilgan navbatdagi ma'ruzada O‘zbekistonda ta'lim jarayoni, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ta'lim samaradorligini yanada oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilingan qarorlar, shu bilan birga, diniy ta'lim va uning mazmun-mohiyati, Davlat tomonidan bu boradagi islohotlar, diniy ta'limni olib borishda qo‘yilgan talablar, uning istiqbollari xususida atroflicha ma'lumotlar tinglandi.

Shuningdek, bugungi davrda soha mutaxasislarini tayyorlash, ularda ko‘nikma va malakani shakllantirish, ayniqsa, diniy ta'lim berishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim vazifalar, bu borada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan keng ma'lumotlar berildi. 

Ma'ruza davomida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis atroflicha javoblarni berdi.

        uyg23

O‘tkazib kelinayotgan bu kabi mashg‘ulotlar talaba-yoshlar bilimini yanada kengaytirish barobarida ular ma'naviy olamini boyishiga, vatanparvarlik, tinchliksevarlik tuyg‘ulari hamda bag‘rikenglik g‘oyalarini yanada qaror topishiga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top