SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

5-dekabr kuni Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.


sa11

Konferensiyani institut rektori U.G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib, konstitutsiyaning bugungi tinch va  farovon hayotimizdagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab o‘tdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Diniy ta'lim bo‘limi mudiri M.Muhammadsiddiqov tabrik so‘zida Konstitutsiya moddalari bilan vijdon erkinligi kafolatlangani, yurtimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhiti barqarorligini ta'kidlab, bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning BMT Bosh Assambleyasining “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish borasidagi  takliflari muhim ahmiyat kasb etishini va bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qildi.

di1

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va kadrlarni qayta tayyorlash bo‘limi mudiri J.Nuriddinov konferensiya ishtirokchilarini Konstitutsiyamizning 25 yilligi bilan samimiy qutlab,  diniy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘zlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari hamda bu boradagi burch va mas’uliyatlariga jiddiy e’tibor berishlari borasidagi fikrlarini izhor qildi.

nur2Toshkent islom universiteti ISESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tinchligimiz, birdamligimiz, osuda va farovon hayotimiz kafolati bo‘lib kelayotganini qayd etdi, unda  aks etgan  vijdon va e'tiqod erkinligi borasidagi moddalarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatiga urg‘u berib, hayotimiz qomusi yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Hidoyat yo‘lini tanlagan har bir imonli inson amaldagi qonun hujjatlari va me’yorlarini anglashi, e’tirof etishi va ularga amal qilishi zarurligiga e'tibor qaratdi.

sa1

Tadbirda Toshkentdagi  pravoslav va protestant seminariyalari vakillari ham ma’ruza qildilar.

ta3

Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi dinlararo va millatlararo birdamlik garovi hamda fuqarolarning o‘zlari e’tiqod qiladigan din va diniy yo‘nalishlariga oid marosimlarini emin-erkin amalga oshirishlari uchun to‘laqonli asos bo‘lib kelayotganini va bundan barcha minnatdor ekanini ta'kidladilar.

Ma’lumotni Toshkent islom universiteti

ISESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov tayyorladi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top