SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet talabalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar targ‘ibot poyezdi” loyihasida ishtirok etdi.

27-noyabrdan 2-dekabrga qadar Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida “Yoshlar targ‘ibot poyezdi” bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu targ‘ibot loyihada Toshkent islom universitetining “Dinshunoslik” mutaxassisligi 1-kurs magstranti Shohruh Jumaev ishtirok etdi.

sho11

Targ‘ibot loyihasi doirasida viloyatlardagi tarixiy obidalar, muqaddas qadajolar hamda buyuk allomalarimiz, ularning boy ma’naviy va moddiy merosi bilan tanishtirish barobarida, yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamon andozalari asosida qurilgan inshoatlar, xalq farovonligi uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida yaqindan tanishtirildi.

 Shu bilan birga, Bosh qomusimiz – Konstitutsiya xalqimizning farovon turmushi, ertangi porloq kelajagini o‘zida to‘liq ifodalagan va bundan keyin ham insonlar yo‘lini yorutuvchi nurli mayoq vazifasini bajarishi loyiha doirasida targ‘ib etildi.

sho2

Bu kabi targ‘ibot loyihasi insonlarni hamjihatlikka, birdamlikka chorlash barobarida yurt tinchligi va osoyishtaligini qarlashga, osuda hayotga shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydi.

Matbuot xizmati 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top