SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

 “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirni universitet rektori R.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, milliy negiz asosida shakllanganligi, demokratiya talablariga mosligi,  shaxs manfaatlarini to‘la ifodalashi xususida gapirib o‘tdi.

kos11

So‘ngra “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq” kafedrasi professori, yu.f.d J.Toshqulovning “O‘zbekiston  Konstitutsiyasini qabul qilish tarixi”, Toshkent Davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori, yu.f.d. F.Muxiddinovaning “Konstitutsiyada ma'rifiylik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining kafolatlari”, Toshkent shahar adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i H.Qlichevning “Qonun ustuvorligi - inson manfaatlari garovidir” mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi.

kost22

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, shakllanish bosqichlari, hayotimizga tatbiq etilishida buyuk davlat arbobi, muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning beqiyos xizmatlari, qonunimizni hayotda mustahkam qaror topishida amalga oshirgan ulkan ishlari, shuningdek, asosiy qonunimizda xalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini o‘zida ifodalashi hamda umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarning aks etishi kabi ma'lumotlarni ham berdilar.

kost2

Mutaxassislar tomonidan bosh qomusimizning har bir bo‘lim, bob va moddalari mukammal tarzda ishlab chiqilganligi aytildi va tahlil etildi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, shakllanishi yuzasidan mutaxassislar fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan “Adolatli jamiyat garovi” nomli film namoyish etildi.

kost3

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning mohiyati haqida atroflicha ma'lumotga ega bo‘ldilar.

O‘tkazilgan tadbir ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

 Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top