SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Global madaniy dastur va qadriyatlarga asoslangan yetakchilikni shakllantirish bo‘yicha treninglar” nomli madaniy haftalik o‘z nihoyasiga yetdi.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Malayziya xalqaro islom universiteti (MXIU) hamkorligida tashkil etilgan madaniy haftalik yakunlandi.

 Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Malayziya xalqaro islom universiteti (MXIU) hamkorligida tashkil etilgan mazkur madaniy haftalik 2017-yilning 27-noyabr – 30-noyabr kunlari Malayziya xalqaro islom universitetida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Oic1

Madaniy haftalikning asosiy ish kuni 28 va 29-noyabr kunlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun IHT a’zo davlatlaridan Malayziyaga tashrif buyurgan ishtirokchilar madaniy haftalik tashkiliy qo‘mitasi vakillari hamrohligida MXIUga yetib kelishdi. Madaniy haftalik doirasida mo‘ljallangan “Global madaniy dastur va qadriyatlarga asoslangan yetakchilikni shakllantirish bo‘yicha treninglar” boshlanishidan avval ishtirokchilar uchun MXIU bo‘ylab sayohat uyushtirilib, universitet tarkibiy tuzilmasi va binolari tanishtirilib o‘tildi.

oic33

Madaniy haftalik davomida rejalashtirilgan “Global madaniy dastur va qadriyatlarga asoslangan yetakchilikni shakllantirish bo‘yicha treninglar” ish kunida Musulmon birligi xalqaro instituti direktori, professor Valid Fikri Faris “Yosh yetakchilarda axloq va fazilatlarni shakllantirish: ta'limiy yondashuv”, MXIU rektorining Sanoat va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari professor Abdulaziz Bergut “Yetakchilik qobiliyatini shakllantirishdagi zaruriy fazilatlar” mavzularida yig‘ilganlarga ma’ruza qildilar.

oic2

Professor Valid Fikri Farsiy o‘z ma'ruzasi davomida yetakchilik qobiliyati shakllanishida qalb pokligi, sog‘lom aqliy tafakkur, shaxsiy va ijtimoiy axloq hamda kasbiy mahoratga ega bo‘lish zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Professor Abdulaziz Bergut ma'ruzasida esa bugungi yoshlarning “asosiy do‘sti” informatsion-texnologik vositalar bo‘lib qolayotgan bir davrda islomiy madaniyatni dunyo tamaddunining peshqadam namunalaridan biri sifatida tanitish hamda musulmon dunyosidagi muammolarni hal qilishda mustahkam e'tiqod, yuksak axloq va aql-zakovat sohibi bo‘lgan yosh iqtidorlar – yetakchilar zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur mutaxassislar ma'ruzalaridan so‘ng mavzu borasida Marokash, Misr, Singapur davlatlaridan madaniy haftalikka tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Ular tomonidan e'tibor qaratilgan asosiy jihat - musulmon dunyosining rivojlantirish bo‘yicha “yagona taraqqiyot dasturi”ni tuzish taklifi bildirilgani bo‘ldi. Shuningdek, Pokiston, Afg‘oniston, Livan va Bangladesh davlatlari vakillari ham so‘zga chiqib, IHT davlatlarini ta'limni taraqqiy etishda yanada faol bo‘lish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirishdi. Tabiiyki, mazkur madaniy haftalik va treninglar ishtirokchisi sifatida kamina ham yurtimizda kechayotgan diniy sohadagi islohotlar va yoshlar ta'lim-tarbiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'ruza qilib, unda bugungi kunda musulmon yoshlar dunyoviy va diniy bilimlar bo‘yicha peshqadam bo‘lsa-yu, boshqa din vakillari bilan murosasoz va bag‘rikenglik asosida muloqot tashkil qilmasa, bunday holat faqat islom dini haqida noto‘g‘ri tushunchalar tarqalishiga sabab bo‘lishini hisobga olib, bag‘rikenglik mavzusiga alohida urg‘u berib o‘tildi.    

oic3

Mazkur treninglar yakuniy qismida IHTning “Madaniy, ijtimoiy va oila masalalari bo‘yicha bo‘limi” (OIC’s Culture, Social and Family Affairs Department) bosh direktori Mexla Talebna ham ishtirok etib nutq so‘zladi. Mexla Talebna (Mehla Talebna) o‘z nutqida bildirishicha, ushbu madaniy haftalik IHTning “Madaniy, ijtimoiy va oila masalalari bo‘yicha bo‘limi” faoliyati doirasida tashkil etildi.

Shuningdek, Mehla xonimning qo‘shimcha qilishicha, mazkur madaniy dastur IHTga a’zo davlatlarning yosh yetakchilariga o‘z iqtidorlari va hayot tarzlarini namoyon qilish uchun noyob imkoniyatdir. Qolaversa, bu madaniy haftalikni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yosh yetakchilarni musulmon dunyosiga ko‘rsatish, ular orqali qolgan musulmon yoshlarning madaniy va axloqiy qiyofasini rivojlantirish hamda yoshlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Qolaversa, bu kabi madaniy tadbirlar dunyoning turli nuqtalarida o‘z bilim va ko‘nikmasi, dunyoqarash va hayotiy muammolarga nisbatan yondashuviga ega yoshlarga o‘zaro birlashish va fikr almashish fursatini taqdim  qiladi. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan dastur IHTga a'zo davlatlardagi madaniyat va ta'lim muassasalari uchun zamonaviy bilim va yuksak ma'naviyatga ega yosh iqtidorlarni tarbiyalash borasida xalqaro platforma vazifasini o‘taydi.

oic4

“Global madaniy dastur va qadriyatlarga asoslangan yetakchilikni shakllantirish bo‘yicha treninglar” yakunida professor-mutaxassislar va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida rezolyutsiya qabul qilinib, unda:

-        musulmon xalqlarning turli madaniyatlarini aks ettiruvchi bunday tadbirlarni yilma-yil IHTga a’zo davlatlarning barchasida o‘tkazish;

-        mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan IHT a’zo davlatlarining barcha vakillari o‘zaro aloqalarni saqlab qolish;

-        IHT a’zo davlatlarida bolalikdan o‘smirlik yoshigacha tarbiyaviy jarayonlarni tadqiq etuvchi ilmiy izlanishlarni olib borish;

-        IHT a'zo davlatlarining iqtidorli va peshqadam yoshlari o‘rtasida ularning oila, axloq va madaniyat borasidagi qarashlarini baholovchi madaniy tadbir va musobaqalarni tashkil etish

-        Afg‘oniston, Falastin va rohingya musulmonlari, ayniqsa, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish borasida jadal faoliyat olib borish tavsiya qilindi.

O.Ernazarov,

 TIU “Dinshunoslik va jahon dinlarini

qiyosiy o‘rganish YUNESKO” kafedrasi doktoranti 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top