SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet Talabalar turar joyida “Movorounnahr – buyuk muhaddislar yurti” mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi

4-dekabr kuni “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Aziz Tojiyev ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.


AzT1

Ma’ruzada buyuk muhaddis allomlardan Imom Buxoriy, Imom Termiziy hayoti, boy ilmiy merosi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ilm, ma'rifatga intilish, ota-onaga hurmat ko‘rsatish, umrni ezgu va xayrli ishlarga bag‘ishlash, insonlarni qadrlash, saxovat, muruvvat ko‘rsatish, bag‘rikenglik, tarbiya, odob-axloq va boshqa shu kabi qator insoniy fazilatlar xususidagi hadislardan misollar keltirildi va sharhlandi.

Ma’ruza davomida buyuk muhaddislar boy merosining o‘rganilishi, tadqiq etilishi, ular shaxsi va merosiga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom bugungi kunda Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, xayrli ishlar misolida aytib o‘tildi.

azt2

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma'ruzachiga murojaat etdilar va atroflicha javoblarni oldilar.

O‘tkazilgan davra suhbati talaba-yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib, kamolga yetishida va buyuk ajdodlarimizga munosib avlod, ma'rifatli inson bo‘lishi hamda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qildi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top