SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Diniy ekstremizm va terrorizm – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi.

2017-yil 4-dekabr kuni universitet magistranti Boburmirzo Botirov va 3-kurs talabasi Yoqubjon Bozorov ishtirokida “Sharq” nashriyoti matbaa aksiyadorlik jamiyatida davra suhbat o‘tkazildi.

          Ma’ruzada diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, xalqaro darajadagi tahdidi, global xavfi, zamonaviy axborot kommunikatsiyalari hamda internet orqali olib borayotgan xurujlari va boshqalar misollar asosida atroflicha gapirib o‘tildi.

 shar1

 Ma'ruza so‘nggida tavsiyalar berildi. Xususan, aholi o‘rtasida din haqida noto‘g‘ri salbiy tushuncha va tasavvurlar uyg‘onishining oldini olish maqsadida aqida, ibodat va boshqa diniy masalalarga oid savollar bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, ularning viloyatlardagi vakillari, mahalliy imom-xatiblar va diniy soha mutaxassislariga murojaat qilish; diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan huquq-tartibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilangina kurashish lozimligi aytildi.

Shuningdek, xulosa o‘rnida, mustaqil fikrga ega, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, yoshlar qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish orqali har xil bid'at-xurofot amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta'siri hamda aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish; mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash; go‘yoki islom dinini o‘rgatishni va’da qilayotgan shubhali shaxslar bilan muloqot qilmaslik, noqonuniy tarzda chop etilgan yoki tayyorlangan diniy mazmundagi adabiyot, disk, mobil telefonlardagi materiallardan foydalanmaslik va olib yurmaslik, internet tizimida diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ‘ib qiladigan saytlardan yoshlarni muhofaza qilish zarurligi ta'kidlandi.

shar2 

O‘tkazilgan davra suhbat ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati yuqori ekanligi hamda hamisha ogoh va hushyor bo‘lib, yurt tinchligiga dahldorlik tuyg‘usi bilan yashash lozimligiga targ‘ib etishi bilan muhimdir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top