SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

3-dekabr kuni Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti qoshidagi Oksford Islomshunoslik tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

oks1

Hamkorlik doirasidagi uchrashuvda Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari ishtirok etdi.

oks2Muhim ilmiy uchrashuvda Oksford Islomshunoslik tadqiqot markazi direktori Farxan Nizami va Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullayev o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

oks3

So‘ngra ilmiy hamkorlik darajasidagi uchrashuvda tadqiqotlar, ilmiy manbalarni o‘rganish borasidagi ishlar, tadqiqot markazlari oldida turgan vazifalar, kelgusida ikki tomonlama hamkorlik doirasida olib boriladigan ishlar hamda hamkorlik istiqbollari kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi va muayyan xulosalarga kelindi.

         oks5

Bu kabi uchrashuvlar davlatlar o‘rtasidagi ilmiy, ma’rifiy hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘ratish barobarida ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari olib borish hamda xorijiy ta'lim jarayonini kuzatish va bevosita yaqin munosabatda bo‘lish, ilmiy doirada fikr almashish imkonini beradi.

Матбуот хизмати

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top