SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

1-dekabr kuni universitet talabalari ishtirokida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

 Tadbirda “Islom tarixi va falsafasi” fakulteti dekani G‘.Arifjonov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO” kafedrasi o‘qituvchisi D.Turdiyeva hamda “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” yo‘nalishi 1,2-kurs talabalari ishtirok etdi.

ter1

Ma’ruzada bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm muammosi, uning kundan-kun yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, Yaqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligi, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha'nini qora qilishda davom etayotganliklarini ta'kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida talabalarga ko‘rsatilgan “Vatan taqdiriga dahldorlik - oliy maqsadimiz” mavzuidagi filmda ko‘rsatilgan lavhalardagi xunrezliklarning, afsuski, islom dini nomidan amalga oshirilayotganligi barchamizni tashvishga solishi alohida ta'kidlandi.

 Shu bilan birga, “Iroq va Shom islom davlati” - ISHID deb nom olgan terroristik tashkilot haqida, ularning buzg‘unchi g‘oya va olib borgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risida ham batafsil ma'lumotlar berilib, ular tomonidan amalga oshirilgan bir qator xunrezliklar misollar asosida tushuntirildi.

Ma'ruza davomida, butun dunyo hamjamiyatini xavotirga solayotgan diniy ekstremizm, missionerlik harakati kundan-kunga tarqala borib, xalqlar o‘rtasidagi totuvlik, diniy bag‘rikenglik tamoyillariga tahdid solayotganligi, ayni paytda, erkin targ‘ibot olib borish va faoliyat doirasini kengaytirish maqsadida ko‘pgina missionerlik tashkilotlari o‘z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotgani hamda hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta'sir qilishga urinishlarni kuzatilayotganligi ta'kidlandi.

ter22

Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlar asosan yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganligi xususida gapirilib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, ona yurti tinchligini asrab-avaylashga, ma'rifatli bo‘lib, vatanimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Tadbir so‘nggida talabalar bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan diniy mutaassiblikka qarshi qanday yo‘llar bilan kurashish mumkinligi haqidagi savollar bilan  murojaat qildilar va atroflicha javob oldilar.

Tadbirning asosiy maqsadi, talabalarni Vatanga sadoqatli, el-yurti xizmatiga tayyor, atrofda bo‘layotgan voqyea-hodisalarga hushyorlik bilan munosabatda bo‘ladigan ma'rifatli inson qilib tarbiyalashdan iborat.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top