SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2017-yil 30-noyabrda O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy  tillar fakulteti talabalari uchun ma'ruza tashkil etildi.

 Ma’ruzani Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov olib bordi.

xori1

Davra suhbatda asr vabosi bo‘lgan terrorizmning insoniyat kelajagiga tahdidi, bu mudhish jinoyat barcha dinlar tomonidan qat’iy qoralanishi, islom tinchlik va ezgulik dini bo‘lib, muqaddas dinimiz ta'limotida nafaqat inson, hatto jonzotu nabototga behuda zarar yetkazish ulkan gunoh ekani ta’kidlandi.

Ekstremizm va terrorizmning oldini olish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har bir oqil insonning burchi ekan, uni ado qilishda  hamisha hushyor va ogohlikni yo‘qotmasdan, atrofdagilarga ezgu munosabatda bo‘lish, insoniylik, mehr-shafqat tuyғularini yuksaltirish zarurligiga e'tibor qaratildi.

Mutaassiblik va ekstremizmning boshlanғich nuqtasi avvalo, ma'naviy zaiflik va “men”ida mavjud sababsiz norozilik bo‘lib, hayotda ishi yurishmayotgan inson muvaffaqiyatsizligi omillarini o‘zgalardan emas, avval o‘zidan izlashi, ezgu niyat bilan qilingan halol mehnat, yurtparvarlik, bunyodkorlik saodat kaliti ekani aniq hayotiy misol va dalillar bilan asoslab berildi. Ma’ruza so‘ngida mavzuga oid “Vatanga xiyonat - oғir jinoyat” mavzusidagi she'r o‘qib eshittirildi.

xor2

Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Murabbiylar Kengashi raisi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Abror Xidirov ko‘tarilgan mavzu dolzarb ahamiyatga ega ekani, bugun yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, asrga tatigulik islohotlar mamlakatimiz obodligi va xalqimizning nurafshon kelajagi  yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, bunday farovon kunlarni qadriga yetish, shukronalik tuyғusi bilan hayot kechirish ahamiyatini  tarixiy misol va rivoyatlar bilan izohlab berdi.

Tadbir so‘nggida talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Malumotni S.Saidjalolov tayyorladi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top