SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

“Odam savdosi – asr vabosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

28-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

          Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mazkur universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, m.f.d. D.Jumabayev, Toshkent islom universiteti “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, yu.f.n., dotsent H.N.To‘ychiyeva hamda “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolovning ma’ruzalari tinglandi.

odam222Ma'ruzalar davomida XXI asrning eng og‘ir, halokatga eltuvchi muammolaridan bo‘lgan odam savdosi, uning ayanchli oqibatlari va bu muammodan har yili minglab odamlar jabr ko‘rishi, xususan, Birlashgan Millatlar tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, 2 million 800 ming kishi jabr chekayotgani, achinarlisi, mazkur mudhish jinoyatdan jabr ko‘rganlarning qariyb 80 foizi ayollar va norasida bolalar ekani ta'kidlandi.

odam11

Yuridik fanlari nomzodi, dotsent H.To‘ychiyeva mavzu bo‘yicha o‘tkazgan taqdimotida odam savdosiga qarshi kurashning xalqaro va milliy huquqiy asoslari haqida ma’lumot berdi. Bu kabi jinoyatlarning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatning o‘rni yuksak ekaniga, milliy qonunchiligimizda odam savdosi jinoyati uchun belgilangan me’yorlardan har bir inson, ayniqsa, yoshlar boxabar bo‘lishi zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

oda22

Katta o‘qituvchi S.Saidjalolov odam savdosi global muammoga aylangani, har yili millionlab insonlar uning qurboniga aylanayotgani va bu mudhish jinoyat domiga tushmaslik uchun har bir inson ma'nan yetuk bo‘lishi, har joyning o‘z tosh-tarozusi borligi, tez fursatda maqsadga erishaman deb harakat qilish insonni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkinligi haqida so‘zlab, o‘z ma'ruzasi yakunida “Boshinggga tushmasin odam savdosi” nomli she'rini o‘qib eshittirdi.

oda3Tadbir so‘nggida universitetning faol talaba-yoshlarining mavzu yuzasidan bildirgan fikrlari tinglandi. Ular tomonidan berilgan savol va mulohazalarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.

Od2

 Ma’lumotni S.Saidjalolov tayyorladi

 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top