SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda navbatdagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

30-noyabr kuni Ilxomjon Bekmirzayevning doktorlik dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Him11

Bekmirzayev Ilxomjon Isroiljonovichning “X-XIII asrlar  Movarounnahr ijtimoiy munosabatlariga oid protsessual va notarial hujjatlar” mavzusidagi 07.00.05 - Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

         Dissertatsiya ishi Toshkent islom universitetida bajarilgan.

Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Z.M.Islomov 

Rasmiy opponentlar:

  • tarix fanlari doktori, professor  U.M.Uvatov
  • tarix fanlari nomzodi, professor A.K.Muminov
  • yuridik fanlar doktori, professori M.A.Rajabova

Yetakchi tashkilot - Sharqshunoslik instituti

Dissertant tadqiqot ishining ilmiy yangiligi, dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda har bir bobning mazmun-mohiyatini ilmiy asoslab, manbalar asosida yoritib berdi. Shuningdek, dissertatsiya ishi huquqiy, siyosiy, ijtimoiy masalalarni keng qamrovli tadqiq etishi bilan muhim ahamiyat kasb etishi himoya jarayonida ochib berildi.

Kengash a'zolari tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan savollar berildi va fikr-mulohazalar bildirildi.

Him2

Ish yuzasidan Respublika va xalqaro tashkilot va muassasalardan hamda soha mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq tashqi taqrizlar kelib tushgan va ularning aksariyatida ijobiy fikrlar bildirilgan hamda taklif-tavsiyalar berilgan.   

Dissertatsiya himoyasi yuqori darajada ilmiy saviyada bo‘lib o‘tdi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top