SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet Talabalar turar joyida “Ilm olish fazilatlari” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi.

10-noyabr kuni yotoqxona talabalari ishtirokida “Ilm olish fazilatlari” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi.

 Davra suhbatni “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi o‘qituvchisi O‘.Polvonov va Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi I. Haydarov olib bordi.

Talabay3

Ma’ruzada ilmning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, bilim va ilm tushunchalari, uni egallashning o‘ziga xos jihatlari va fazilatlari, shuningdek, ilm xususida Hadisi sharif va allomalar ijodida keltirilgan ibratli so‘z va iboralar asosida atroflicha tushuntirildi. Jumladan, bilim – inson ziynati ekanligi, har doim insonni yuksaklikka ko‘tarishi, inson ma’naviyati uning bilimi orqali o‘sib borishi, ilm orqali inson ulug‘lik sari yuksalishi, ezgu fazilatlar va maqtalgan sifatlar bilan xulqlanishiga sabab bo‘lishi va aksincha, bilimsiz kishi xuddi ko‘zi ojiz kishi kabi bu dunyoda adashib, yaxshi-yomonning farqiga bormay, ko‘ngli tusagan ishni qilib yuraverishi, oqibatda yomonliklarga giriftor bo‘lishi ibratli hikoyatlar, o‘gitlar orqali izohlandi.

         Shu bilan birga, inson o‘rgangan ilmiga, albatta amal qilishi lozimligi, bu esa, uning ma’naviy barkamolligini belgilovchi muhim mezon ekanligi ta’kidlandi.

Mavzu yuzasidan berilgan savollarga ma’ruzachilar keng va atroflicha, misollar asosida ma’lumot berib o‘tdilar.

       Talabalar turar joyida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan dolzarb mavzulardagi bu kabi ma’ruza va davra suhbatlar talaba-yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy olamini boyitishga, ularda vatanparvarlik, tinchliksevarlik, bag‘rikenglik g‘oyalarini qaror toptirishga xizmat qiladi.  

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top