SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetning bir guruh o‘qituvchi-xodimlari “Tabarruk qadamjolar” shiori ostida yurtimizdagi ziyoratgohlarga tashrif buyurdilar.

Oktabr oyida universitet Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan o‘qituvchi-xodimlar Toshkent shahridagi Zangiota ziyoratgohiga va Samarqand viloyatidagi tarixiy qadamjolarga tashrifni amalga oshirdilar.

 

Zangiota

Buyuk ajdodlarga ehtirom, ularga hurmat, boy moddiy va ma'naviy merosidan ma’naviy-ruhiy ozuqa olish, hayot falsafasi, ibratli umr yo‘llaridan kamolga yetish – bugungi avlod oldida turgan muhim va dolzarb masaladir. Ajdodlar moddiy va ma’naviy merosidan qanchalik ruhiy olamimizni boyitishda iste’foda etsak, shunchalik ma’nan boyib, ruhan kamolga yetib boraveramiz.

Universitet jamoasining tabarruk qadamjoga tashrifi ham ayni shu jihatlarga e’tibor qaratishi bilan ahamiyatlidir.

Ziyoratchilar, dastlab Zangiota ziyoratgohida bo‘lib, ul zot qo‘nim topgan tabarruk joydan ma'naviy-ruhiy ozuqa oldilar.

Samar2

So‘ngra Samarqand shahridagi Imom Buxoriy, Shohi Zinda majmualari, Sherdor, Tillakori madrasalari, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim masjidi kabi tarixiy qadamjolarda bo‘lib, ajdodlar xotirasiga yuksak hurmat ko‘rsatdilar hamda ular qoldirgan boy moddiy va ma’naviy merosdan bahramand bo‘ldilar.

         Bu kabi tashriflar – ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan hurmat va e’tiborning namunasidir.  

Matbuot xizmati   

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top