SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

         8-noyabr kuni atoqli davlat arbobi va yozuvchisi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy davra suhbat va taqdimot o‘tkazildi.   

tarixi11

         Ma'lumki, Sharof Rashidov – o‘zbek xalqi siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy hayotida muhim rol o‘ynagan va o‘chmas iz qoldirgan yirik davlat arbobi, xalqparvar ijodkordir.

         2017-yil 6-noyabr kuni Jizzaxda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan unga bag‘ishlangan haykalning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev davlat arbobi haqida “Sharof Rashidov umr bo‘yi o‘z xalqiga, barcha sof niyatli insonlarga yaxshilik qilib, ularni ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirib, ezgu ishlarga safarbar etib yashadi. Bu oliyjanob, donishmand va bag‘rikeng inson, qanday suronli sinovlarga duch kelgan bo‘lmasin, yuksak gumanistik g‘oyalarga doimo sodiq bo‘lib, xalqimiz qalbida yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirdi. Sharof Rashidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, o‘zi butun borlig‘i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qoldi. U o‘zining betakror iste’dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, she’r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratdi”, degan purma’no fikrlarni aytgan edi.

         Bir so‘z bilan aytganda, yirik davlat arbobi Sharof Rashidovning shonli hayoti, xalqparvarlikka, vatanparvarlikka qaratilgan ma’naviy jasorat yo‘lidir.

         Universitetda o‘tkazilgan tadbir ham ayni shu jihatlarga e'tibor qaratishi bilan ahamiyatlidir.

         Universitetning “Tarix” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda olimlar, turli muassasa va tashkilot vakillari, universitet professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

         Tadbirni universitet rektori Ravshan Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, davlat arbobi Sharof Rashidov bosib o‘tgan shonli umr yo‘li, uning bunyodkorlikka qaratilgan ulkan ishlari xususida gapirib o‘tdi. 

         So‘ngra Sh.Rashidov hayoti va faoliyati aks etgan hujjatli film namoyish etildi.

         tarixi2

Tadbirda olimlar, ijodkorlar va soha vakillari so‘z olib, Sharof Rashidov haqidagi xotiralari, ezgulikka, xalqparvarlikka, bunyodkorlikka qaratilgan faoliyati  yuzasidan samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, olimlar Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlab yozgan asarlari haqida ham ma'lumot berib o‘tdilar.

         So‘ngra talabalar tomonidan yozilgan ijodiy ishlar taqdimot qilindi.

         tarixi3

O‘tkazilgan tadbir orqali yirik davlat arbobi Sharof Rashidov bosib o‘tgan shonli hayot yo‘li haqida ma’lumot berish barobarida, yosh avlod qalbida xalqparvarlik, bunyodkorlikka intilib yashash, yaxshilik qilish kabi  ezgu g‘oyalarni singdirishga xizmat qildi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top