SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Yaponiyada ta'lim - 2017” shiori ostida ta’lim tizimi yuzasidan taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

         7-noyabr kuni universitetda ta’lim tizimiga doir o‘zaro hamkorlikdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Yap11     

Ma’lumki, ushbu hafta yurtimizda “Yaponiyada ta’lim – 2017” shiori ostida ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ta’lim ko‘rgazmasida Yaponiyaning o‘ndan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda.

         Mazkur ko‘rgazma doirasida Yaponiyaning Nagoya va Yaponiya xalqaro universitetlari Toshkent islom universitetida o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar. Taqdimot ushbu universitet professorlari tomonidan o‘tkazilib, unda professorlar TIU talabalariga Nagoya va Yaponiya xalqaro universitetlaridagi ta’lim tizimi, ulardagi o‘qitilayotgan mavjud bakalvr va magistr yo‘nalishlari hamda kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar va kirish imtixonlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Taqdimotdan so‘ng TIU talabalari mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga atroflicha javob oldilar.

         yapp22

Ma’lumot sifatida aytish lozimki, Yaponiya xalqaro universiteti bilan Toshkent islom universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu hamkorlik doirasida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ilxom Berdiyarov 2015-2017-yillar davomida Yaponiya xalqaro universitetida “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishida magistr bosqichini tugatib qaytdi.

         Tadbir so‘ngida mehmonlarga TIU esdalik sovgalari topshirildi. Tadbir talabalarda chuqur qiziqish hosil qildi.   

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top