SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Professor Ahadjon Hasanov “Islom sivilizatsiyasining paydo bo‘lish omillari” mavzusida onlayn ma’ruza olib bordi.

         28-oktabr kuni Buxoro va Termiz Davlat universiteti “Tarix” (islom tarxi va manbashunosligi) yo‘nalishi talabalari uchun onlayn dars tashkil etildi.

          tarix11

Bosh ilmiy-metodik markazda tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Hasanov tomonidan Toshkent islom universiteti “Tarix” yo‘nalishi talabalari bilan “Islom sivilizatsiyasining paydo bo‘lish omillari” mavzusida olib borilgan dars mashg‘ulotini  Buxoro Davlat universiteti va Termiz Davlat universiteti “Tarix” (islom tarxi va manbashunosligi) yo‘nalishi talabalari onlayn tarzda kuzatdilar va fanga oid ma’lumotlarni o‘rgandilar.

         Ma’ruzada islom tarixi, uning vujudga kelishi, rivojlanish bosқichlari, islom sivilizatsiyasi tushunchasi, uning paydo bo‘lish omillari xususidagi nazariy ma’lumotlar manbalar asosida keng va atroflicha yoritildi.

        Tarix2  Ma'ruza mashg‘uloti universitetning “Ziyo” studiyasi tomonidan tasvirga olindi.

         O‘tkazilgan onlayn ma’ruza mashg‘uloti samarali va mazmunli tashkil etildi hamda talabalar mavzu bo‘yicha atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

        Tarix1 Bu kabi onlayn darslar talaba-yoshlar bilim doirasini kengaytirish barobarida ularda islom ma'rifati, uning bag‘rikenglik, tinchlik va ezgulikka қaratilgan bunyodkor g‘oyalari singdirildi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top