SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetida “Qo‘lda tayyorlanadigan zamonaviy qog‘ozning madaniy va badiiy ahamiyati” nomli Yaponiya hamkorligi loyihasi doirasida ko‘rgazma tashkil etildi.

31-oktyabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda Sharq miniatyurasi asarlari fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

 

rektor11

Ma’lumki, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ta’lim, ilmiy va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Qo‘lda tayyorlanadigan zamonaviy qog‘ozning madaniy va badiiy ahamiyati” nomli ilmiy-amaliy loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada Ilmiy-tadqiqot loyihalari ustida izlanish olib borayotgan bir guruh Yaponiya delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

minat222

Tadbirni universitet rektori Ravshan Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, universitetda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma manbalar hamda xattotlik namunalarining mohiyati, o‘ziga xos ahamiyati xususida qisqacha ma’lumot berdi. Ko‘rgazmaning ochilish qismida so‘z olganlar Sharq miniatyura san’ati, qadimiy qo‘lyozmalar, ularning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdilar.

HabibulloS

So‘ngra mashhur xattot, O‘zbekiston amaliy san'ati ustasi Habibulla Solih tomonidan master-klass o‘tkazildi. Xattot, Samarqand qog‘ozi, uning yuzaga kelishi, sifati xususida qisqacha ma’lumot berib, arab yozuvida chiroyli husnixatda ibratli so‘zlardan namunalar ko‘rsatdi. So‘ng mehmonlar ismini chiroyli husnixatda bitgan holda, ularga taqdim qildi. Ko‘rgazma mehmonlari xattot ishlariga katta qiziqish bildirdi va kelajakda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishini ta’kidlab o‘tdi.

minatK

Habibulla Solih xattotlik namunalari bilan bir qatorda, O‘zbekistonda yetishtiriladigan qamishga chiroyli ishlov berib, nay cholg‘u asbobini yasadi va mehmonlarga tortiq etdi.

       minat33

Shundan so‘ng, Yaponiya ilmiy-tadqiqot delegatsiyasi vakillari universitetning Manbalar xazinasiga taklif etilib, u yerda saqlanayotgan qo‘lyozma manbalar va Qur’oni karim bilan tanishdilar. Noyob qo‘lyozma manbalarni sinchkovlik bilan o‘rgandilar, o‘z qiziqishlari bo‘yicha yetarli darajada ma’lumotlarni oldilar. Tashrif buyurgan mehmonlar bu kabi samimiy uchrashuv va samarali hamkorlik uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

      xattot  O‘tkazilgan ko‘rgazma o‘zining ilmiy-amaliy va ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top