SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Uchtepa tumanidagi Ayollar maslahat markazida “Diniy ekstremistik guruhlarning informatsion xurujini yoshlar ongiga salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi.

23-oktyabr kuni universitet magistrlaridan B.Botirov va D.Nurmuhamedov tomonidan “Diniy ekstremistik guruhlarning informatsion targ‘ibot xurujini yoshlar ongiga salbiy ta’siri” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

 Universitet professor-o‘qituvchi, xodim va magistrlari tomonidan tumanlarda tashkil etilgan Ayollar maslahat markazlarida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, missionerlik tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati, bugungi globallashuv jarayonlarida turli informatsion xurujlar, tahdidlar hamda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlikni tarqatuvchi yot g‘oyalar va bu g‘oya hamda tahdidlarga qarshi kurashish usullari, sog‘lom mafkurani shakllantirish vositalari, vayronkor g‘oyalardan hamisha ogoh va hushyor bo‘lish va boshqalar xususida muntazam ravishda davra suhbatlari, ma’ruzalar o‘tkazib kelmoqdalar.

Uchte1

Navbatdagi o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni shu targ‘ibot ishlarining uzviy davomi hisoblanadi.

Davra suhbatda tumanlardagi faol ayollar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ma’ruzada diniy ekstremistik guruhlar va ularning yot g‘oyalari, botil aqidalari va informatsion xuruji va tahdidi, yoshlar ongiga salbiy ta'siri, vayronkorlikka qaratilgan g‘oyaviy harakatlari keng va atroflicha, misollar asosida tushuntirildi.

Mavzu yuzasidan berilgan savollarga ma’ruzachilar manbalar asosida batafsil ma'lumot berdilar.

Uchte2

O‘tkazilib kelinayotgan bu kabi tadbirlar keng jamoatchilik ongu shuurida milliy va islom dinining ma’rifiy g‘oyalarini shakllantirishga hamda ularda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Matbuot kotibi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top