SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida futbol bo‘yicha “Talabalar turar joyi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

22-29-oktyabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan futbol musobaqasi o‘tkazildi.

 Musobaqani TTJ TK raisi C.Qahhorov va O‘zbekiston Yoshlar  Ittifoqi Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.To‘layev ochib berdi va jamoalarga omadlar tiladi.

FFUTb1

Musobaqada TTJning 1-qavatidan “Istiqlol” va “O‘zbegim”, 3-qavatidan “G‘alaba”, “Ishonch”, “Snayper”, 4-qavatidan “Omad”, “Mustang” va “Zafar” jamoalari qatnashdi.

Musobaqaning guruh bosqichlari 22-oktyabr kuni, yarim final va final bosqichlari esa, 29-oktyabr kuni o‘tkazildi.

FTTB2

      Musobaqa yakuniga ko‘ra:

         1-o‘rin “Mustang”

         2-o‘rin “Omad”, 

         3-o‘rin “Zafar” va “Snayper”  jamoalariga nasib etdi.

    “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi bo‘yicha  Abdulvosit Ergashxo‘jayev  (Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi 1-kurs talabasi)

    “Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasi bo‘yicha Murodilla Azamjonov 9 ta gol (Dinshunoslik yo‘nalishi 1-kurs talabasi)

         Musobaqa g‘oliblari O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamda Talabalar turar joyi Talabalar kengashi a’zolari tomonidan “TTJ kubogi”, esdalik uchun futbol koptogi va Toshkent islom universiteti rektori Diplomi bilan munosib taqdirlandilar.

         FTTB3

O‘tkazilgan futbol musobaqasi orqali talaba-yoshlarda birdamlik, hamjihatlik, ahillik va do‘stona munosabatlar yanada qaror topishiga erishildi. Shuningdek, bu kabi sport musobaqalari talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllanishiga, ularning jismonan sog‘lom, barkamol bo‘lishiga xizmat qiladi.

FTBB4

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top