SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet miqyosida Uzbekistan Subregional Contest” bo‘yicha  jahon chempionatining ichki saralash musoboqasi o‘tkazildi. 

25-oktabr kuni “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 1-4-kurs talabalari o‘rtasida chempionatning ichki saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Ma’lumki, har yili zamonaviy axborot tenxologiyalari bo‘yicha yaratilayotgan dasturiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar, texnik vositalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga bu yil dasturlash bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun saralash musobaqalariga ham start berildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan universitet saralash bosqichida 11 ta masala bo‘yicha talabalar bellashdilar. Bu masalalar turli darajadagi murakkablikda bo‘lib, masalalarni yechish uchun 5 soat vaqt ajratildi. Masalalarni yechishda talabalar o‘z bilim salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

IVATT1

Saralash natijalariga ko‘ra, 3 ta guruh keyingi bosqich yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. Bunda Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi terma jamoasi 1-o‘rinni,  4-kurs talabalaridan tuzilgan jamoa 2-o‘rinni, 3-kurs talabalaridan tuzilgan jamoa esa, 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar aniqlangach, qo‘yilgan masalalar qaytadan barcha jamoalar bilan birgalikda muhokama qilindi hamda xato va kamchiliklar tushintirildi.

 IVATT2

Bu kabi tadbirlar, xususan “Uzbekistan Subregional Contest” jahon chempionatining ichki saralash musobaqasi, tom ma’noda, talabalarimiz uchun qiziqarli, foydali va talabalar o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi.

Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillarining tez-tez yangilanib turishi,  yosh dasturchilarni doimo o‘z ustida ishlab, zamon bilan hamnafas bo‘lishlariga va atrofida yanada ko‘proq qiziquvchilarni jalb etib, jipslashishlari uchun katta imkoniyatdir.

IVATT3

Yosh dasturchilarimiz o‘rtasida musobaqa o‘tkazishdan maqsad – “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi talabalarini o‘z mutaxassilik fanlarini chuqur egallab, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top