SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Til – millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi

21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 28-yilligi munosabati bilan “Til - millat ko‘zgusi” nomli tadbir o‘tkazildi.

 

        Tilb22

Ma’lumki, har bir millatning o‘zligini, uning milliy yaxlitligini ta’minlaydigan va o‘zida millat, xalq ruhini ifodalaydigan bu – ona tilidir. Ona tili – xalqning butun jihatlarini o‘zida aks ettiradi va kelgusi avlod uchun ma’naviy boylik sifatida yetkazadi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonning davlat tiliga bo‘lgan e'tibori ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning muhim va ustuvor vazifalaridan biridir. Davlatimiz siyosatining negizini ham milliy til, ona tiliga e'tibor tashkil etadi. Ayniqsa, ona tiliga davlat tili maqomi berilishi yuzasidan ilk qadamlar sobiq ittifoq davrida, ya’ni 1989-yil 21-oktyabrda qo‘yilgan edi. Bu boradagi islohotlarning uzviy davomi sifatida 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun va bunga qo‘shimcha qarorlar qabul qilinishi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, Abdulla Avloniy bobomiz aytganlaridek, “millatni millat ekanligini ko‘rsatadigan uning ona tilidir. Tilni yo‘qotmak bu millat ruhini yo‘qotmakdur yoki har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotidir”, degan edilar.

Tilb3O‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchi va talabalari hamda tadbir mehmoni filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z.Isomiddinov ishtirok etdi.

Tilb4

Adabiy kechada talabalar tomonidan tilga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar aytildi hamda maqollar bellashuvi va o‘zbek tili grammatikasiga oid savollar o‘rin oldi. Bellashuv va savol g‘oliblari esa, kitoblar bilan taqdirlandilar.

Tilb5Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xonanda va sozandalarining musiqali chiqishlari tadbirga o‘ziga xos ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tilb6

Adabiy tadbir ma’naviy-ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top