SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Tumanlardagi Ayollar maslahat markazida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” mavzusida ma’ruza olib borildi.

11-12-oktyabr kunlari magistrant Boburmirzo Botirov Shayxontohur va Olmazor tumanlardagi Ayollar maslahat markazida ma'ruza o‘tkazdi.

    Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentyabr kuni BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati, ilgari surgan g‘oya va takliflari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish va BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida takliflari hamda yoshlarni terrorizm va jinoyatdan saqlab qolishning eng samarali yo‘li bu – bilim, ma’rifat ekanligi ta’kidlandi.

Ayolmas1

        Shuningdek, ma’ruzada ma’rifat va bag‘rikenglik tushunchalari, bugungi globallashuv davrida diniy bag‘rikenglik masalalari, yoshlarni ma’rifatli qilishda ta’lim-tarbiyaning o‘rni, ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Motrudiy va boshqa allomalarning ma’rifiy islom ta’limotlari asosidagi g‘oyalari orqali tarbiyalash, islom dinining insonparvarlik, vatanparvarlik, tinchliksevarlik va ezgulikka yo‘g‘rilgan g‘oyalarini singdirish va bu g‘oyalardan tarbiyani amalga oshirishda muhim ma’rifiy qurol sifatida foydalanish har qachonkidan ham dolzarb ekanligi aytib o‘tildi.

Ma’ruza davomida allomalarning ibratli hikmali so‘z va iboralari hamda bilim, ma’rifatga bag‘ishlangan Hadisi shariflardan misollar keltirildi va izohlandi.

Ayolmas2

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha ma’lumot berdi.

O‘tkazilgan davra suhbat ma’naviy-ma’rifiy qimmati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top