SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universiteti talabalari uchun Maxsus kurs tashkil etildi

12-oktyabr kuni universitet professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi asosida ma’ruza olib bordilar.

BMT nut1

Maxsus kurs sifatida tashkil etilgan ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi, uning mazmun-mohiyati, dolzarbligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy ahamiyati misollar asosida gapirildi.

Shuningdek, ma’ruzada Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklifi hamda O‘zbekistondagi yoshlar ajdodlarning bag‘rikenglik qarashlari asosida tarbiya topishi, bu borada ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari olib borishi, xususan Imom Buxoriy va Abu Iso Termiziy kabi zabardast allomalar nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Islom sivilizasiyasi markazining tashkil etilishi va bu ilmiy maskanlar yoshlarimizni yanada ma’rifatli bo‘lishiga xizmat qilishi xususida atroflicha fikrlar bayon etildi.

Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar islom ma'rifatini, uning bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur o‘rgangan holda, ilmiy tadqiqotlar olib borib, jamiyatga, uning ertangi porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo’lib yetishishi alohida ta’kidlandi.

Ta’kidlash lozimki, ma’ruza avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi aks etgan video namoyish etildi.

BMTnut3

Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha ma’lumotlarni berdilar.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top