SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitet Talabalar turar joyida “Islomda tozalik masalasi” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi

11-oktyabr kuni universitet o‘qituvchisi Abdulatif Alloqulov “Islomda tozalik masalasi” mavzusida ma’ruza olib bordi.

AlloqT1

Ma’ruzada inson tashqi a’zolarini toza tutishi, ichki va tashqi ko‘rinishiga katta e’tibor qaratishi, o‘z uyi va mahallasini toza va ozoda saqlashi, eng muhimi, “tozalik – iymondandir” ibratli so‘ziga amal qilgan holda umr kechirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, insonning kiyinish odoblari, xususan toza va pokiza kiyim kiyish, liboslar tozaligiga e’tibor qaratish, xushbo‘y narsalar bilan ziynatlanib yurish kerakligi gapirib o‘tildi.

Ma’ruzachi jism insonga berilgan omonat ekanligi, mana shu omonatga xiyonat qilmagan holda asrab-avaylash lozimligini ta’kidladi, ayni paytda, tozalik masalasini Qur’oni karim, hadisi sharif va allomalarning hikmatli so‘z va iboralaridan misollar keltirish orqali atroflicha izohlab berdi. 

AlloqT2

Talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi keng va atroflicha ma’lumotlarni berdi.

O‘tkazilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy ma’ruzalar talabalar ichki olamini boyishiga va ma’nan kamolga yetishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top