SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Xalqaro qizlar kuni tantanali o‘tkazildi.

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan universitet talabalari ishtirokida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Qizlar1

2011-yilning dеkabr oyida BMT tomonidan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida e’lon qilingan. Universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bugun ilk bor ushbu kun tantanali nishonlandi.

Tadbirda universitet talaba-qizlari ishtirok etib, qiziqarli milliy va sport o‘yinlari, master-klasslar o‘tkazildi hamda kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

Qizlar2

Ma’lumot sifatida aytish lozimki, butun dunyoda yosh qizlarning erta turmush qurishi va ona bo‘lishi nafaqat uning sog‘ligiga, balki farzandi kеlajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, qizlar o‘rtasida ulkan muammolarning paydo bo‘lgani, bir so‘z bilan aytganda, 18 yoshgacha ona bo‘lgan qizlarning o‘z bolaligini yo‘qotib qo‘ygani kabi achinarli holatlar mavjudligi bunga sabab bo‘lgan. Ayni shu jihatdan, BMT tomonidan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni, deb e’lon qilingan.

 Qizlar4

BMT ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyoda 75 mln qizlar turli sabablar bilan ta’lim olish imkoniga ega emasligi, ularning 39 millioni 11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qizlarni tashkil etayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Yoshlarning erta turmush qurishi minglab oilaviy ajrimlarga, yosh qizlarning bеvaqt o’limiga sabab bo‘lmoqda.

  O‘tkazilgan tadbir zamirida ham ayni shu jihatlarga, ya’ni qizlarga bo‘lgan  e’tibor, ularni asrab-avaylash, ta’lim olishlari hamda qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish yotadi.

Matbuot xizmati

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top